ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “QISH” SHE’RIDA RAD ETILGAN MUHABBAT VA QISH MANZARASI
Abstract
Annotatsiya: Hayotda shunday paytlar bo’ladiki,birgina so’z inson qalbidagi
bo’ronni tindiradi,uning hayotini o’zgartirib yuboradi.Ba’zan bu so’z cheksiz quvonch
olib keladi,ba’zan esa yurakni yuzlatib,zulmat qariga ulotiradi.Muhabbat inson
hayotidagi eng nozik,eng yuksak bir paytning o’zida eng og’riqli tuyg’ulardan
biridir.U ko’ngilni parvozga chorlaydi,go’zal orzular va kuchli umid uyg’otadi.Ammo
mana shu muhabbat rad etilsa,yurak o’z-o’zida muzga aylanadi,inson ichki dunyosida
qish kabi sovuq bir fasl hukm surishni boshlaydi.Ana shunday sovuq ruhiy faslni tasvir
etmoqlikda qish manzarasi nihoyatda kuchli ramziy vositaga aylanadi.Aleksandr
Arkadevich Faynberg she’riyatida inson qalbida ro’y berayotgan hodisalar ko’pincha
tashqi olamdagi real manzaralar bilan uyg’unlashib ketadi.Shoir ko’p hollarda tabiatni
shunchaki fon sifatida qo’llamaydi,u tabiat vositasida ruhiy holat aks-sadosini
yaratadi.Qor,shamol,muz,sovuq singari elementlar uning ijodiyotida oddiy manzara
emas,ular qalbning muzga aylanishi,tuyg’ularning qotib qolishi,umidning bexosdan
so’nishini ko’rsatib beruvchi badiiy qurollardir.Ayniqsa muhabbat va ayriliq mavzulari
yoritilgan she’rlarda tabiat va ruhiyat o’rtasidagi uyg’unlik yaqqol ko’zga tashlanib
turadi.Adabiyotda qish fasli ko’pincha ruhiy og’irlik,hayotiy sinov yoki ichki bo’shliq
bilan bog’lanadi.Oppoq qor tashqi tomondan maftunkordek ko’rinsa ham,uning ostida
sovuq va jimjitlik yashiringan bo’ladi.Shu ma’noda ham qish inson qalbining ham
ayrim holatlariga o’xshaydi.Tashqi sokinlik ortida esa chuqur alam yashashi
mumkin.Faynberning “Qish” she’ri ham aynan mana shunday ruhiy muhitni tasavvur
qilish imkonini o’quvchiga yaratib beradi.Unda sevgining rad etilishi va ichki
kechinmalar bilan aloqador umumiy kayfiyat ruhi sezilib turadi.Asar o’quvchini sovuq
faslning manzaralari inson ko’nglidan kechadigan og’ir lahzalar haqida mulohaza
yuritishga da’vat etadi.Ushbu maqola Aleksandr Arkadevich Faynbergning yuqorida
ta’kidlangan “Qish” she’ri tahliliga bag’ishlanadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Aleksandr Faynberg. – T.: Ijod nashr, 2021.
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg
3. ziyouz.com
4. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.
5. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami. –
Toshkent: Turon zamin ziyo.
6. Rasulov A. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Fan nashriyoti.
7. Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Akademnashr.