QANDLI DIABET KASALLIGINI DAVOLASHDA QO’LLANILADIGAN DORI VOSITALARNING MARKETING TAHLILI
Abstract
Dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida diabet kasalligini
davolashda qo’llaniladigan dori vositalarni ro'yxatga olish tahlili shuni ko'rsatadiki,
hozirgi vaqtda mahalliy, yuqori samarali qandli diabetga qarshi dori vositalarini
yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish juda dolzarb va istiqbolli hisoblanadi .
Qandli diabet sog'liqni saqlashning eng jiddiy muammolaridan biri bo'lib, u aholi
salomatligiga, shuningdek, butun dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga qiyinchilik tug'dirmoqda. Ba'zi mamlakatlarda diabet kasalligi kamaya
boshlagan bo'lsada, so'nggi o'n yilliklarda boshqa rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarda ko'paygan.
Bugungi kunda Xalqaro diabet federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshdan 79
yoshgacha bo‘lgan insonlarning har o‘n nafaridan bittasiga qandli diabet tashxisi
qo‘yilgan – bu butun dunyo bo‘yicha 537 milliondan ko‘proq odam degani.
Kasallik rivojlanishi xavfining asosiy omillari – irsiyat, yengil uglevodlar,
tozalangan oziq-ovqat, fasfood , to‘yingan va transyog‘lar iste’mol qilish, shuningdek,
ozuqaviy tolalar yetishmovchiligi, ortiqcha vazn va semirish, endokrin tizimidagi
patologiyalar va uzoq muddatli, surunkali stressdir.
Xorijdan keltirilgan dori vositalarini o'rnini bosuvchi qandli diabetga qarshi dori
vositalarining keng assortimentini ishlab chiqish va tibbiyotga joriy qilish bugungi
kunning dolzarb masalasidir.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Мадатова Н. А., Тоштемирова Ч. Т. МАРКЕТИНГОВЫЙ АНАЛИЗ
ПРОТИВОДИАРЕЙНЫХ ЛЕКАРСТВЕННЫХ СРЕДСТВ //Universum:
медицина и фармакология. – 2024. – №. 4 (109). – С. 46-53.
2. Madatova N. A., Ibragimova G. B. Pharmacoeconomic analysis of medicines used
in the treatment of itsenko-cushing's disease //Conferencea. – 2022. – С. 81-82.
3. O'zbekiston Respublikasida Tibbiyot amaliyotida qo’llanilishga ruhsat etilgan dori
vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestri.