SO`NGI SHAYBONIY HUKMDORLARDAN BIRI ABDULLAXON II DAVRIDAGI SIYOSIY JARAYONLAR
Abstract
XVI asrning boshlarida bir vaqtlar Volga daryosi bo‘yida tashkil topgan Oltin
O’rda davlatidagi Shayboniyxon boshchiligidagi o‘zbek ko’chmanchi qabilalari
Temuriylar davlatini tor-mor qilib, O’rta Osiyoda o‘z hukumronliklarini o‘rnatadi.
Shayboniylar Jo‘ji sulolasidan to‘qqizinchi hukmdor bo‘lgan O’zbekxon ismiga nisbat
berib, o‘zlariga bir siyosiy qo‘shma nom – o‘zbek nomini qabul qilib olganlar. Aslida
ular Ko‘k O’rdaning sharqida, Volga bilan Orol dengizi orasida yashovchi turk-
mo‘g‘ul qabilalari edilar. Herman Vamberining ma’lumot berishicha, o‘zbekning
lug‘aviy ma’nosi «shaxsan o‘ziga mustaqil xo‘jayin» degan ma’noni anglatadi.Demak,
shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zbek xalqining shakllanish ildizlari uzoq
o‘tmishga borib taqaladi.