PROF-EMIS.EDU.UZ PLATFORMASIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA SEMINAR AMALIYOTI: ZOMIN TUMAN 1-SON TEXNIKUMI MISOLIDA
Abstract
Kirish Raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish,
o‘qituvchilarning shaxsiy malakasini oshirish, pedagogik faoliyatini monitoring qilish
va yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lish talab qilinmoqda. Shu kontekstda prof-
emis.edu.uz platformasi o‘qituvchilarni elektron tarzda boshqarish va ularning kasbiy
faoliyatini samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Zomin tuman 1-son texnikumida o‘tkazilgan seminar ushbu platformaning
imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi va amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha tashkil etildi.
Seminar o‘quv-uslubiy va amaliy maqsadlarni birlashtirib, o‘qituvchilarning
platformadan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.