FARG‘ONA KULOLCHILIGIDA NAQSHLAR, RANGLARNING O‘RNI VA JILOSI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Farg‘ona kulolchilik maktabi, xalq amaliy san’ati, kulolchilik naqshlari, ranglar ramziyati, ranglar uyg‘unligi, sir (jilo), badiiy bezak, an’anaviy kulolchilik, milliy madaniy meros.Abstract
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada Farg‘ona vodiysi amaliy san’atida,
xususan badiiy kulolchilikda qo‘llaniladigan naqshlarning kelib chiqishi, shakllanish
bosqichlari hamda ularning badiiy-estetik xususiyatlari nazariy jihatdan tahlil etilgan.
Farg‘ona kulolchilik maktabiga xos naqshlarning badiiy-kompozitsion tuzilishi,
ranglarning estetik va ramziy vazifasi hamda jilo (sir)ning amaliy va bezak ahamiyati
ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot jarayonida an’anaviy ranglar palitrasi va ularning
o‘zaro uyg‘unligi kulolchilik buyumlarining vizual ifodaviyligini oshiruvchi asosiy
omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sirning ranglarni mustahkamlash va
buyumlarning uzoq muddat saqlanishini ta’minlashdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqola
xalq amaliy san’ati, xususan Farg‘ona kulolchiligini o‘rganish va tadqiq etishda ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Bulatov S. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1991.
2. Qodirov P. O‘zbek kulolchilik san’ati tarixi. – Toshkent: Fan, 1985.
3. Jabborov I. Farg‘ona vodiysi xalq hunarmandchiligi. – Toshkent: Fan, 2002.
4. Azimov A. O‘zbek kulollari va ularning ijodi. – Toshkent: San’at, 1998.
5. To‘xtayev B. Xalq amaliy san’atida naqsh va rang masalalari. – Toshkent: Fan,
2005.
6. Saidov M. Kulolchilik texnologiyasi va sirlar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
7. Karimov N. Milliy madaniy meros va hunarmandchilik an’analari. – Toshkent:
Ma’naviyat, 2015.