“DORIS LESSING QISQA HIKOYALARINING SHAKLLANISH TIPOLOGIYASI: “XUDONING KO‘ZI JANNATDA” (“THE EYE OF GOD IN PARADISE”) VA “SOTILMAYDIGAN SEHR” (“NO SALE FOR WITCHCRAFT”) QISQA HIKOYALARI MISOLIDA”

Authors

  • Davlatova Vazira Author

Abstract

Doris  Lessing  qisqa  hikoyalari  o‘zining  murakkab  kompozitsiyasi,  ramziy 
qatlamlari va ijtimoiy-axloqiy muammolarni yoritish uslubi bilan adabiyotshunoslikda 
alohida ahamiyat kasb etadi. Uning “Xudoning ko‘zi jannatda” (“The Eye of God in 
Paradise”) qisqa hikoyasi insoniyat tarixidagi zulm, insonparvarlik va axloqiy tanlov 
muammolarini yorqin ochib beradi. Shifoxonadagi nogiron bolalar manzarasi, doktor 
Krollning Gitler davridagi faoliyatiga ishora qiluvchi “ijtimoiy gigiyena” g‘oyasi va 
“Xudoning ko‘zi” tasviri orqali yozuvchi inson ongidagi go‘zallik va shafqatsizlikning 
qarama-qarshiligini  badiiy  talqin  qiladi.  Qisqa  hikoya  ochiq  yakun  bilan  tugab, 
o‘quvchini  insoniyatning  axloqiy  mas’uliyati  haqida  chuqur  o‘yga  chorlaydi. 
“Sotilmaydigan Sehr” (“No Sale for Witchcraft”) esa mustamlakachilik davridagi irqiy 
tafovutlar,  madaniy  meros  va  bilimlar  o‘rtasidagi  qarama-qarshiliklarni  yoritadi. 
Gideon obrazi orqali mustamlakachi xalqning qadimiy bilimlari, tabiat bilan uyg‘un 
hayot  falsafasi  va  uni  himoya  qilishdagi  qat’iyati  tasvirlanadi.  Farquar  oilasi  va 
olimning  tabiat  ildizini  tijoratga  aylantirish  istagi  kolonializmning  iqtisodiy  va 
ma’naviy  mohiyatini  ochib  beradi.  Gideonning  o‘z  sirini  yashirish  qarori  esa 
mustamlakachilik kuchlariga qarshi ramziy qarshilik sifatida namoyon bo‘ladi.

References

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Lessing, D. The Eye of God in Paradise, collected stories.

2. Lessing, D. No Sale for Witchcraft, in African Stories.

3. Coundouriotis, E. (2000). Claiming History: Colonialism, Ethnography, and

the Novel.

4. Sprague, C. (2008). Doris Lessing: The Poetics of Change.

5. Mukhammadiev, A. (2021). Adabiy tahlil va tipologiya. Toshkent: Fan.

Published

2025-08-26

How to Cite

Davlatova Vazira. (2025). “DORIS LESSING QISQA HIKOYALARINING SHAKLLANISH TIPOLOGIYASI: “XUDONING KO‘ZI JANNATDA” (“THE EYE OF GOD IN PARADISE”) VA “SOTILMAYDIGAN SEHR” (“NO SALE FOR WITCHCRAFT”) QISQA HIKOYALARI MISOLIDA” . TADQIQOTLAR, 69(1), 47-50. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/256