YADRO TIZIMLARINING KINETIK XOSSALARINI O‘RGANISH METODLARI VA ULARNING QIYOSIY SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: radioaktiv parchalanish, yarim yemirilish davri, aktivlik, Time- of-Flight, koinsidensiya, reaksiya kesimi, yadro reaksiyasi, kinetik xossalar, neytronlar, rezonans.Abstract
Mazkur maqolada yadro tizimlarining kinetik xossalarini o‘rganishda
qo‘llaniladigan asosiy metodlar nazariy va qiyosiy jihatdan tahlil qilindi. Radioaktiv
parchalanish qonunlari, yarim yemirilish davrini aniqlash usullari, Time-of-Flight,
koinsidensiya hamda reaksiya kesimini o‘lchash metodlarining fizik mohiyati ko‘rib
chiqildi. Tadqiqot darsliklar, monografiyalar, sharh maqolalar va rasmiy yadroviy
ma’lumotlar bazalari asosida olib borildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, radioaktiv
parchalanish egri chizig‘i va yarim logarifmik ishlov yarim yemirilish davrini
aniqlashda qulay usullardan biri hisoblanadi. Time-of-Flight usuli zarracha energiyasi
va tezligini, ayniqsa neytronlar uchun, aniqlashda samarali natija beradi. Koinsidensiya
usuli haqiqiy reaksion hodisalarni tasodifiy fon signallaridan ajratishda muhim rol
o‘ynaydi, reaksiya kesimini o‘lchash esa yadro reaksiyalarining ehtimollik tabiatini
baholashga xizmat qiladi. Qiyosiy tahlil asosida kinetik xossalarni o‘rganishda
metodlarni alohida emas, balki o‘zaro to‘ldiruvchi tarzda qo‘llash maqsadga muvofiq
ekani asoslandi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Krane K.S. Introductory Nuclear Physics. New York: Wiley, 1987. 846 p.
2. Lilley J. Nuclear Physics: Principles and Applications. Chichester: Wiley, 2013.
416 p.
3. Wong S.S.M. Introductory Nuclear Physics. Weinheim: Wiley-VCH, 2024. 460 p.
4. Leo W.R. Techniques for Nuclear and Particle Physics Experiments. Berlin:
Springer, 1994. 382 p.
5. Knoll G.F. Radiation Detection and Measurement. New York: Wiley, 2010. 864 p.
6. Мухин К.Н. Экспериментальная ядерная физика. Кн. 1. Физика атомного
ядра. Москва: Энергоатомиздат, 1993. 376 с.
7. Широков Ю.М., Юдин Н.П. Ядерная физика. Москва: Наука, 1980. 728 с.
8. O‘lmasova M.H. Fizika: Optika, atom va yadro fizikasi. Toshkent: Cho‘lpon, 2010.
384 b.
9. Yuldashev U., Taylanov N.A., Hamdamov B.I. Atom va yadro fizikasi. Toshkent:
Sano-standart, 2019. 320 b.
10. Carlson A.D., Pronyaev V.G., Capote R. et al. Evaluation of the neutron data
standards // Nuclear Data Sheets. 2018. Vol. 148. P. 143-188.
11. Otuka N., Dupont E., Semkova V. et al. Towards a more complete and accurate
experimental nuclear reaction data library (EXFOR) // Nuclear Data Sheets. 2014.
Vol. 120. P. 272-276.
12. International Atomic Energy Agency. Evaluated Nuclear Structure Data File
(ENSDF). Available at: IAEA ENSDF
13. International Atomic Energy Agency. LiveChart of Nuclides. Available at: IAEA
LiveChart
14. CERN. n_TOF experiment. Available at: CERN n_TOF
15. Atomic Mass Data Center. AME and related mass data resources. Available
at: AMDC