XORAZMIYNING “MUHABBATNOMA” ASARINING OʻZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDAGI OʻRNI VA ZAMOANVIY TALQINI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: Xorazmiy ,XIV asr o‘zbek adabiyoti ,epistolyar janr (noma) ,sevgi va muhabbat , firoq va visol , oshiq va ma’shuqa , axloqiy-falsafiy qarashlar , tilshunoslik manbasi , mumtoz adabiyot , milliy meros Annotation: Hafiz Khwarazmi’s “Muhabbatnoma” is one ofAbstract
Annotatsiya
“Muhabbatnoma’’
Hofiz Xorazmiy qalamiga mansub “Muhabbatnoma” XIV asr o‘zbek
adabiyotining ilk epistolyar (noma) janrida yozilgan yirik asarlardan biridir. Asar 11
noma, bir nechta g‘azal, qit’a va fardlardan iborat bo‘lib, unda oshiq va ma’shuqa
o‘rtasidagi sevgi izhori, sog‘inch, firoq va visol tuyg‘ulari badiiy ifoda etilgan. Shoir
muhabbatni faqat shaxsiy tuyg‘u sifatida emas, balki jamiyatdagi axloqiy va falsafiy
qarashlarni ifodalash vositasi sifatida ham tasvirlaydi. Asarda insoniy tuyg‘ularning
universalligi, sadoqat va muhabbatning qadriyat sifatida ulug‘lanishi zamonaviy
o‘quvchi uchun ham qadrli. Shuningdek, asar o‘zbek tilining qadimiy shakllarini
o‘rganishda muhim manba bo‘lib, adabiyotshunoslik va tilshunoslik tadqiqotlari uchun
katta ahamiyat kasb etadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Abdubannobova O. A., Muratova N. B. Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarining
til xususiyatlari. CHDPU “Tilshunoslik” kafedrasi ilmiy maqolasi. Zenodo
platformasida chop etilgan.
2. Xorazmiy. Muhabbatnoma. Xorazmiy.uz elektron kutubxonasi. Asarda 11 noma,
g‘azal, qit’a va fardlar jamlangan bo‘lib, epistolyar janrning ilk namunasi sifatida
taqdim etilgan.
3. Arxiv.uz. Xorazmiy Muhabbatnoma asari. Referatlar to‘plami. Asarda XIV asr
o‘rtalaridan XVII asrgacha bo‘lgan davrning ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’naviy
hayoti, shoirning ijodi va “Muhabbatnoma”ning badiiy xususiyatlari haqida
ma’lumot berilgan.