DORIS LESSINGNING “QURBON”(“CASUALTY”) VA “AYOLLAR BO‘LIMI” (“WOMB WARD”) QISQA HIKOYALARIDA OBRAZLARNI KONTRAST ASOSIDA YARATISH MAHORATI: QIYOSIY TAHLIL

Authors

  • Davlatova Vazira Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ayol obrazi, psixologik realizm, ijtimoiy tafovut, yolg‘izlik, mehr-muhabbat, satirik ruh

Abstract

Anotatsiya 
Doris  Lessingning  qisqa  hikoyachiligi  badiiy  mahoratining  muhim 
xususiyatlaridan  biri  —  obrazlarni  kontrast  asosida  yaratish  tamoyilidir.  Ayniqsa, 
“Qurbon” (“Casualty”) va  “Ayollar bo‘limi (“Womb Ward”) qisq hikoyalarida ushbu 
uslubiy  yondashuv  yorqin  ko‘rinadi.  “Qurbon”da  kasalxona  qabulxonasida  navbat 
kutayotgan odamlardan biri bo‘lgan “Auntie” obrazi bilan og‘ir jarohatlangan yigitning 
kutilmagan  kirib  kelishi  kontrast  tarzida  tasvirlanadi.  Bir  tomondan,  “Auntie”ning 
tinimsiz shikoyatlari, e’tibor va mehr istagi satirik ruhda ochilsa, ikkinchi tomondan, 
hayot-mamot orasida yotgan yigit obrazi odamlarni beparvolikdan hushyorlikka olib 
keladi. Shu tariqa yozuvchi kundalik mayda shikoyatlar bilan real fojea o‘rtasidagi 
keskin tafovutni ifodalaydi. “Ayollar bo‘limi” (“Womb Ward”) qisqa hikoyasida esa 
kontrast individual ayol obrazlari orqali amalga oshiriladi. Mildred Grant  — butun 
umrini  eriga  qaramlikda  o‘tkazgan  ayol  sifatida  tasvirlanadi,  uning  yig‘ilari  va 
yolg‘izlikdan qo‘rquvi bolalarcha iztirobni aks ettiradi. Kuk xonim esa mutlaqo boshqa 
qiyofa:  mustaqil,  hayotini  yolg‘iz  o‘tkazgan,  ammo  oxir-oqibat  mehr  ko‘rsatishga 
qodir ayol. Shu qarama-qarshi tipologiya orqali Lessing insoniy mehr va yolg‘izlik 
muammolarini falsafiy teranlikda yoritadi. Demak, har ikki qisqa hikoyada kontrast 
usuli nafaqat syujet dinamikasini kuchaytiradi, balki ijtimoiy va psixologik ma’nolarni 
chuqur ochishga xizmat qiladi. Lessingning badiiy  mahorati shundaki, u obrazlarni 
oddiy  tafsilotlar  va  tabiiy  dialoglar  vositasida  kontrastlashtirib,  insoniy  hayotdagi 
dramatik vaziyatlarni yorqin va ta’sirchan shaklda ifodalay oladi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Lessing, D. The Habit of Loving. – London: Michael Joseph, 1958.

2. Lessing, D. The Story of a Non-Marrying Man and Other Stories. – London:

Jonathan Cape, 1972.

3. Lessing, D. Collected Stories. – London: HarperCollins, 1994.

4. Bloom, H. (tahr.). Doris Lessing. – Nyu-York: Chelsea House Publishers,

2003.

5. Sprague, C. “The Short Stories of Doris Lessing: Patterns of Alienation.” //

Journal of Modern Literature. – 1987. – №13(1). – B. 45–62.

6. Rubenstein, R. The Novelistic Vision of Doris Lessing: Breaking the Forms of

Consciousness. – Urbana: University of Illinois Press, 1979.

7. Daymond, M. J. “Women and Writing in Southern Africa: The Case of Doris

Lessing.” // Research in African Literatures. – 1996. – №27(2). – B. 125–138.

8. Cornwell, N. The Modern British Novel. – London: Routledge, 2006.

9. Lodge, D. The Art of Fiction. – London: Penguin, 1992.

10. Cederstrom, L. “Human Needs and Social Constraints in Doris Lessing’s Short

Stories.” // Contemporary Literature. – 1985. – №26(3). – B. 310–328.

Published

2025-08-26

How to Cite

Davlatova Vazira. (2025). DORIS LESSINGNING “QURBON”(“CASUALTY”) VA “AYOLLAR BO‘LIMI” (“WOMB WARD”) QISQA HIKOYALARIDA OBRAZLARNI KONTRAST ASOSIDA YARATISH MAHORATI: QIYOSIY TAHLIL . TADQIQOTLAR, 69(1), 56-60. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/258