INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ISTAK/XOHISH KATEGORIYASINING MODALLIK VA GRAMMATIK IFODASI
Abstract
Ma’lumki, turli tillarda modallik kategoriyasi ma’nolari faqatgina leksik
vositalar orqali emas, balki morfologik shakllar yordamida ham ifodalanadi. Bu
jihatdan, fe’lning mayl kategoriyasi obyektiv modallikni namoyon etuvchi asosiy
grammatik mexanizmlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mayl shakllari
orqali fe’l harakat yoki holatning voqelikka munosabatini ifoda qiladi, shu sababli
mazkur kategoriya modallikning grammatik reprezentatsiyasi sifatida tadqiq etiladi.
Til tizimida modallikning ifodalanishi doimo nutqiy aktdagi kommunikativ
maqsad bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. So‘zlovchi muayyan fe’l shaklini tanlar
ekan, u shu orqali voqeaga nisbatan o‘z munosabati, xohishi, ehtimoli yoki shubhasini
bildirishni ko‘zlaydi. Demak, modallikning har qanday ko‘rinishi - u obyektiv yoki
subyektiv bo‘lishidan qat’i nazar - nutq jarayonidagi illokutiv niyat bilan uzviy aloqada
shakllanadi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Бархударов Л. С. К вопросу о поверхностной и глубинной структуре
предложений // Вопр. языкознания. 1973.
2. Smirnitsky A.I. Lexicology of the English language. – M., 1996.
3. Palmer, F. Mood and modality. Cambridge: Cambridge University Press. 2001.
4. Qilichev E. O‘zbek tili amaliy stilistikasi. – T.1992.
5. Раҳматуллаев.Ш.У. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. Toshkent:
«O‘qituvchi» nashriyoti, 1978.