JINS SEMALI SOʻZ BIRIKMALARINING LISONIY SINTAKTIK QOLIPI

Authors

  • Yusupova Nilufar Ilxam qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: lisoniy sintaktik qolip, LSQ, jins semasi, so‘z birikmasi, o‘zbek tili, invariant va variant, sintaktik model, nutqiy hosila.

Abstract

 Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  o‘zbek  tilida  jins  semali  so‘z  birikmalarining 
lisoniy  sintaktik  qoliplari  (LSQ)  tadqiq  etiladi.  Tilga  semiotik  yondashuv  asosida 
lisoniy  invariant  birliklar  va  ularning  nutqdagi  variantlari  o‘rtasidagi  munosabat 
yoritiladi.  Ayniqsa,  jins  ma’nosini  ifodalovchi  so‘z  birikmalarini  shakllantiruvchi 
sintaktik  modellarning  o‘rni  va  ahamiyatiga  alohida  e’tibor  qaratiladi.  Tadqiqotda 
shaxs  otlari  bilan  kasb-hunar,  ijtimoiy  maqom  yoki  boshqa  belgilarni  ifodalovchi 
birliklarning birikishi natijasida yuzaga keladigan jins semali konstruktsiyalar tahlil 
qilinadi. Bunday birikmalar barqaror lisoniy sintaktik qoliplar asosida shakllanishi va 
nutqda  turli  variantlarda  voqelanishi  asoslab  beriladi.  Shuningdek,  mazkur 
qoliplarning  til  o‘rganish  jarayonida  hamda  kompyuter  lingvistikasida  tutgan  o‘rni 
ko‘rsatib o‘tiladi. 

Published

2026-04-28

How to Cite

Yusupova Nilufar Ilxam qizi. (2026). JINS SEMALI SOʻZ BIRIKMALARINING LISONIY SINTAKTIK QOLIPI . TADQIQOTLAR, 85(1), 306-317. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/26981