TURKIYANING YEVROPA ITTIFOQIGA INTEGRATSIYASI VA INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI DEMOKRATIK ISLOHOTLAR
Abstract
Turkiya ko‘plab xorijiy kuzatuvchilar uchun hayratlanarli bir manzara kasb
etadi. Uning hayratlanarli jihatlaridan biri siyosiy tizimidir; u bir tomondan avtoritar
davlat emas, ikkinchi tomondan esa uni to‘liq shakllangan demokratiya deb atash ham
haqiqatdan yiroqdir. Yana bir murakkab jihat uning o‘zligidir, u Yaqin Sharq davlati
ham emas, lekin uni to‘laqonli Yevropa davlatlari qatoriga ham qo‘shib bo‘lmaydi.
Ushbu ikki omil – Turkiyaning siyosiy tizimi va uning o‘zligi – uning Yevropa
davlatlari tizimi bilan, xususan, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarini
murakkablashtiradi.
A’zolikka intilayotgan mamlakatlarda Yevropa ttifoqi demokratiyani
rag‘batlantiruvchi qudratli sub’ekt sifatida harakat qilishi keng e’tirof etilgan dalildir.
Yevropa Ittifoqi o‘zining assotsiatsiyalangan a’zolariga nisbatan demokratlashtirishni
rag‘batlantiruvchi moliyaviy yordam paketlari va a’zolik va’dasi kabi turli vositalar
hamda ta’sir richaglariga ega. Aynan mana shu kontekstda YI Turkiya siyosatiga o‘z
ta’sirini o‘tkazdi. Uzoq davom etgan assotsiatsiya yo‘li Yevropa Ittifoqiga Turkiyada
demokratlashtirish jarayonini olg‘a surish imkonini berdi va bu siyosiy o‘zgarishlarni
rag‘batlantirishda qo‘llanilgan mexanizmlardan biri bo‘ldi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Ahmad, F. The Making of Modern Turkey. – London: Routledge, 1993. – 252 p.
2. Heper, M., & Sayari, S. Political Parties in Turkey. – London: Routledge, 2002. –
P. 268.
3. Cizre-Sakallıoğlu, Ü. The Anatomy of the Turkish Military’s Political Autonomy //
Comparative Politics. – 1997. – Vol. 29, No. 2. – pp. 151-166.
4. Öniş, Z. The Political Economy of Islamic Resurgence in Turkey: The Rise of the
Welfare Party in Perspective // Third World Quarterly. – 1997. – Vol. 18, No. 4. –
pp. 743-766.
5. Öniş, Z. Türkiye ve Sovyet Sonrası Devletler: Bölgesel Güç Etkisinin Potansiyeli
ve Sınırları // Avrasya Etüdleri. – 2002. – Sayı 21. – S. 45–62.
6. Kirişci, K. Türk Dış Politikasının Dönüşümü: Ticaret Devletinin Yükselişi //
Akademik Orta Doğu. – 2009. – Cilt 4, Sayı 1. – S. 1–25.
7. Yıldız, N. Türkiye'de Demokrasi ve Siyasal Dönüşüm: 1980-2000. – İstanbul: Alfa
Yayınları, 1998. – 340 s.
8. Azgın, B. Türk Demokrasi Tarihinde 1990’lar: Siyasal ve Sosyal Değişimler. –
İzmir: Dokuz Eylül Üniversitesi Yayınları, 2001. – 285 s.
9. Ciplak, B. Türk Demokrasi Tarihi: 90'lı Yıllar ve Sonrası. – İzmir: Ege
Üniversitesi Yayınları, 2005. – 312 s.