KEKSA INSONLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNING SABABLARI VA OQIBATLARI
Abstract
Bugungi kunda jamiyatda dolzarb muammolardan biri bu keksa insonlarga
nisbatan zo‘ravonlik masalasidir. Aholining qarib borishi natijasida yoshi katta
insonlar soni ortib bormoqda va ular alohida e’tibor hamda himoyaga muhtoj qatlam
hisoblanadi. Afsuski, ba’zi hollarda ular jismoniy, ruhiy yoki iqtisodiy zo‘ravonlik
qurboniga aylanishmoqda. Bu holat nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyatning
axloqiy darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, keksa insonlarga nisbatan
zo‘ravonlikni o‘rganish, uning sabablarini aniqlash va oldini olish yo‘llarini ishlab
chiqish muhim ahamiyatga ega.
Keksa insonlarga nisbatan zo‘ravonlik bir necha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Eng ko‘p uchraydigan turlari quyidagilar:
Jismoniy zo‘ravonlik – urish, turtish, zarar yetkazish
Ruhiy zo‘ravonlik – haqoratlash, tahdid qilish, mensimaslik
Moliyaviy zo‘ravonlik – pensiya yoki mulkni noqonuniy o‘zlashtirish
E’tiborsizlik (beparvolik) – qarovsiz qoldirish, yordam bermaslik
Bu muammoning yuzaga kelishiga bir nechta omillar sabab bo‘ladi. Avvalo,
oiladagi nizolar, iqtisodiy qiyinchiliklar va sabrsizlik muhim rol o‘ynaydi. Ba’zan yosh
avlod vakillari keksa insonlarning ehtiyojlarini tushunmaydi yoki ularga ortiqcha yuk
sifatida qaraydi. Bundan tashqari, huquqiy savodxonlikning pastligi ham zo‘ravonlik
holatlarining yashirin qolishiga olib keladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Образцов.В.А. Серейные убийства как бъект психологии и криминалиистики
/ В.А. Образцов. М.: Омега, 2003. Серебрянников, В.В. Согциология войны /
В.В Серебряников. М.: Научный мир, 1997.
2. Ратинов.А.Р. Правовая психология и приступное поведение / А.Р.
Ратинов,Г.Х.Ефромова.Красноярск,1988.
3. Абельцев.С. Семейные конфликты и приступления / С.Абельцев // Рос.
Юстиция.1999.№5.С.29-30.
4. Закирова.Л.СЮ О насилли над детьми в семье / Л.С Алексеева // Социс.
2003.№4.С.78-8.
5. Закирова.В.М. Развод и насилие в семье- феномены семейного
неблагополучия//Социс.2002.№12.С.131-134.