TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMAT KO‘RSATISHNING ZAMONAVIY MODELI VA UNING SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Ta’lim tizimi, psixologik xizmat, maktab psixologi, psixoprofilaktika, diagnostika, korreksiya, motivatsiya, emotsional intellekt, shaxs shakllanishi, kasbga yo‘naltirish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida psixologik
xizmatning tutgan o‘rni va uning o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy
jihatdan tahlil qilingan. Bugungi kunda maktab psixologining faoliyati nafaqat
diagnostika, balki ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasida sog‘lom muhitni
yaratishga qaratilgan. Maqolada o‘quvchilarning kognitiv va emotsional rivojlanishida
psixoprofilaktik ishlarning samaradorligi masalalari yoritib berilgan. Tadqiqot
davomida maktab amaliyotida qo‘llanilayotgan zamonaviy psixologik texnologiyalar
va ularning ijobiy natijalari ko‘rsatilgan. Xorazm viloyati Hazorasp tumani maktablari
misolida psixologik xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari va mavjud muammolari bayon
etilgan. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni optimallashtirishda psixologik
maslahatning roli alohida tahlil markaziga olingan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim
sharoitida alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlashning psixologik mexanizmlari
taklif qilingan. Xulosa qismida ta’lim tizimida psixologik xizmat sifatini oshirishga
qaratilgan amaliy tavsiyalar va strategik yondashuvlar ishlab chiqilgan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. "Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi". – Toshkent, 2019.
2. Baratov Sh.R. "Maktab psixologik xizmati". – Toshkent: "O‘qituvchi", 2004.
3. G‘oziyev E.G‘. "Umumiy psixologiya". – Toshkent, 2002.
4. Umarov B.M. "O‘smir psixologiyasi". – Toshkent, 2008.
5. Xalilova N.I. "Pedagogik psixologiya". – Toshkent, 2011.