RUHIY ZO‘RIQISH VA UNI OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOSLIGI

Authors

  • Хusanova Soxibaxon Akramjonovna Author

Abstract

 
Insonning har qanday faoliyati aqliy, ijodiy va jismoniy ishlari zo‘riqishni talab 
qiladi. Shunday yo‘l bilan insonlar hayotiy vaziyatlardaoldilarida turgan vazifalarga 
uzoq vaqt ishni diqqatlarini jamlab, ularni ishonch bilan to‘liq yecha oladilar. Inson 
ishni muvffaqiyatli tugatgandan so‘ng yengillashish va bo‘shashish hissini boshdan 
kechiradi. Bu holat bo‘shashish deb ataladi. Nerv va gormonal yo‘llar orqali zo‘riqib, 
funksiyaning organik (stress) muvaffaqiyatga erishishda muhim omil hisoblanadi. U 
inson uchun zararli hisoblanmaydi, agar sarflangan energiya tezda bo‘shashish orqali 
qayta  tiklansa,  tanafusslar  va  bo‘sh  vaqtdan  unumli  foydalanish  yo‘li  bilan 
bo‘shashishga erishish mumkin. Bo‘shashishga boshqa faoliyat turiga ko‘chish orqali 
ham  erishish  mumkin.  Lekin  zo‘riqish  inson  ijodiy  faoliyatini  tormozlashi,  ish 
qobiliyatini pasaytirishi, sog‘liqqa zararli ta’sir ko‘rstishi mumkin. Agar bo‘shashish 
yetarlicha bo‘lmasa,  yuqoridagi  xolatlarni  kuzatish  mumkin. Ular  shaxsiy  hayot  va 
ishdagi nizoli vaziyatlar, shaxslararo munosabatning buzilishi, kelajakka ishonmaslik, 
xavf-  xatardan  qo‘rqish,  ishni  doimo  qisqa  muddatdatopshirish  tufayli  o‘z  vaqtida 
ulgura  olmaslikdan  qo‘rqish  va  boshqalarni  kiritish  mumkin.  Shu  bilan  birga 
jamoadagi nosog‘lom psixologik iqlim, shaxs xarakterining bo‘shligi, qo‘rqish, muvaf-
faqiyatsizliklar, o‘z imkoniyatlarini yuqori baholsh, boshqa kishilar bilan munosabat 
aloqalarning yetishmas-ligi, ijtimoiy ajralib qolish ham uzoq zo‘riqish xolatiga olib 
kelishi mumkin. Barcha stress xolatlarida salbiy hissiyotlar rol o‘ynaydi. Ular inson 
faoliyatiga va uning organizmiga buzuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Nevroz organizm va muhit 
orasidagi dinamikaning barqaror bo‘lishi oqibatida paydo bo‘ladigan kasallik bo‘lib, 
ma’lumotlarni  qayta  ishlash,  hissiyot,  boshqarish  bilan  bog‘liq  miyadagi 
jarayonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar motor va sensor funksiyalarni 
jalb qiladi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Organizm va 
muhit  orasidagi  dinamika  yoki  muhitning  noanomal  sharoitlari  yoki  organizmning 
anormal  holatidan  buzilishi  mumkin.  Masalan,  muhitdan  keluvchi  bir 
kuzatuvchiningo‘zi  bir  odamga  undovchi  ta’sir  ko‘rsatsa,  boshqa  birida  og‘riq 
reaksiyasini vujudga keltirishi mumkin. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, jismoniy va 
ruhiy  mashq  qilgan,  kelajakka  ishonch  bilan  qarovchi  inson  sog‘lig‘iga  ziyon 
keltirmasdan  ishlashi  mumkin.    Tashqi  muhit  sharoitlariga  bog‘liq  nerv  psixik 
kasalliklarining vujudga kelishi va taraqqiyotida stresslarning ta’siriga katta ahamiyat 
beriladi, ayniqsa, bu yurak-qon tomir kasalliklariga tegishlidir. Shu bilan birga stressga 
ijobiy ta’sir, ya’ni ish qobiliyatini oshirish xislati xos. Shuning uchun ham stressni "hayot tuzi" deb atashadi. 

References

Adabiyotlar ro’yxati:

1. G`oziev E. Ontogenez psixologiyasi. T. Sharq. 2008 . B. 33-34.

2. Shoumarov G. Oila psixologiyasi. T.Sharq. 2001. B. 24-25.

3. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. T. O`zbekiston. 1998.

Published

2026-05-05

How to Cite

Хusanova Soxibaxon Akramjonovna. (2026). RUHIY ZO‘RIQISH VA UNI OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOSLIGI . TADQIQOTLAR, 85(3), 313-315. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/27978