IJTIMOIY TARMOQLARNING O‘QUVCHILAR PSIXIKASIGA SALBIY TA’SIRI: MUAMMONING PSIXOLOGIK TAHLILI VA YECHIMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Ijtimoiy tarmoqlar, o‘quvchi psixikasi, kiberqaramlik, depressiya, virtual reallik, o‘z-o‘zini baholash, raqamli gigiyena, o‘smirlik inqirozi, psixologik immunitet, dofamin.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada axborotlashgan jamiyat sharoitida ijtimoiy
tarmoqlarning maktab o‘quvchilari ruhiyatiga ko‘rsatayotgan salbiy oqibatlari
atroflicha tahlil qilingan. Bugungi kunda o‘smirlarning virtual dunyoga bog‘lanib
qolishi ularning ijtimoiy moslashuvi va shaxsiy rivojlanishiga jiddiy xavf
tug‘dirmoqda. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi doimiy faollik natijasida
o‘quvchilarda yuzaga keladigan "dofamin qaramligi" va uning ruhiy bosqichlari
yoritilgan. Tadqiqot davomida o‘quvchilar o‘rtasida o‘ziga bo‘lgan ishonchning
pasayishi va "ijtimoiy solishtirish" sindromining o‘zaro aloqadorligi ilmiy asoslab
berilgan. Shuningdek, kiberbulling va uning o‘smirlar ruhiyatidagi chuqur depressiv
holatlarga sabab bo‘lishi masalalari Buxoro tumani maktablari misolida ko‘rib
chiqilgan. Virtual muloqotning real munosabatlardan ustun qo‘yilishi natijasida yuzaga
keladigan ijtimoiy izolyatsiya muammolari tahlil etilgan. Maqolada o‘quvchilarda
axborot filtrlarini shakllantirish va "raqamli gigiyena" qoidalariga amal qilishning
psixologik mexanizmlari taklif etilgan. Xulosa qismida ota-onalar va pedagoglar uchun
o‘quvchilarni internet qaramligidan asrash bo‘yicha amaliy metodik tavsiyalar bayon
qilingan.
References
Foydalanilgan Adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. "O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini
2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi". – Toshkent, 2020.
2. G‘oziyev E.G‘. "Umumiy psixologiya". – Toshkent: "O‘zbekiston", 2002.
3. Shoumarov G‘.B. "Yosh va pedagogik psixologiya". – Toshkent, 2014.
4. Baratov Sh.R. "Psixologik xizmatda ijtimoiy muhit masalalari". – Buxoro, 2011.
5. Umarov B.M. "Axborot-psixologik xavfsizlik". – Toshkent: "Akademiya",
2013.
6. Zimbardo P. "The Time Paradox: The New Psychology of Time". – Free Press,
2008.
7. Karr N. "The Shallows: What the Internet Is Doing to Our Brains". – W. W.
Norton & Company, 2010.
8. Xalilova N.I. "Yoshlar psixologiyasida internet qaramlik muammosi". –
Toshkent, 2019.