DAVLATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ILMIY- NAZARIY QARASHLAR
Abstract
Mamlakatimizda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi milliy xo‘jalikda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, uning
mexanizmi va instrumentlarini ishlab chiqish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bu
xaqda O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev ham alohida to‘xtalib,
quyidagi fikrlarni bildirib o‘tganlar: “Qachonki, hududlardagi vaziyat ijobiy tomonga
o‘zgarsa, budjet ijrosi to‘liq ta’minlansa, jinoyatchilik kamaysa, yangi ish o‘rinlari
yaratilsa, eng muhimi, xalqimizning turmush darajasi yaxshilansa, mahalliy
Kengashlar faoliyatiga ijobiy baho bersa bo‘ladi” [1]. O‘zbekiston Respublikasida
milliy iqtisodiyotda raqamlashtirish, ijtimoiylashtirish, resursli va infratuzilmali
rivojlanishda tengsizlik muammolarini keskinlashuvi mamlakatning iqtisodiy
xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu milliy iqtisodiyot oldida turgan ichki va tashqi
taxditlar bilan bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat o‘z iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlash uchun masuliyati va javobgarligini hisobga olgan holda, yuqori
moslashuvchan mobillik va iqtisodiy sohada manfaatlarni himoya qilishning samarali
mexanizmini shakllantirish dolzarb axamiyat kasb etadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.// Xalq so‘zi, 2017 yil 23 dekabr.
2. To‘xtaboev J.Sh. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma,- T.:
“ Innovatsion rivojlanish nashriyoti –matbaa uyi”, 2021 . 146 b.