IJTIMOIY SOHADAGI TAHDITLARNI DAVLATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Abstract
Ijtimoiy xavfsizlik ko‘p qirrali iqtisodiy kategoriya bo‘lib, uni tadqiq etish
jarayonida turli-tuman keng qamrovli qarama-qarshi nazariy yondashuvlar vujudga
keladi. Ijtimoiy xavfsizlik masalalarini sotsiologlar, psixologlar, pedagoklar,
iqtisodchilar va xuquqshunoslar tomonidan keng tadqiq etilgan. Ushbu tadqiqotlar
asosida vujudga kelgan turli yondashuvlar asosida murakkab bo‘lgan ijtimoiy
xavfsizlik to‘g‘risida keng va to‘la tassavur shakllandi. Ijtimoiy xavfsizlik shaxsni,
oila va jamiyatning hayotiy zarur mafaatlarini ichki va tashqi xavf-hatardan himoya
qilingan holati xisoblanadi. Uning ob’ekti davlat ijtimoiy siyosati tomonidan tartibga
solinadigan mamlakatning ijtimoiy himoya qilish tizimi elementlari, aholining turmush
darajasidan iborat.
Yashil iqtisodiyotda ijtimoiy xavfsizlik bu -shaxs, jamiyat va davlatni ijtimoiy,
iqtisodiy, ekologik, resurs va boshqa tavsifdagi ichki va tashqi tahdidlar majmuasidan
himoyalanganlik holati bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy xavfsizlik ijtimoiy taxditlar orqali
mamlakatning iqtisodiy va milliy xavfsizligiga ta’sir etadi. Ijtimoiy xavfsizlik
taxditlari deganda kimlarningdir manfaatlariga zarar yetkazish mumkin bo‘lgan yuz
berayotgan yoki potensial yuz berishi mumkin bo‘lgan voqea, xarakat yoki xodisalar
tushuniladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi - Toshkent. // Xalq so‘zi, 2020 yil
29 dekabr.
2. Asatullaev X.S., Mamatov A.A., Jo‘raev T.T.. Iqtisodiy xavfsizlik (Darslik ). –
T.: «TMI nashriyoti», 2023. B.124.
3. Abulqosimov X.P. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma.-
T.:”Akademiya”, 2012 - B.22.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari
asosida tuzulgan.