YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA UCHRAYDIGAN RUHIY INQIROZLAR VA ULARNI PSIXOLOGIK KORREKSIYA QILISHNING INNOVATSION YO‘LLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Psixologik inqiroz, o‘smirlik davri, identifikatsiya, korreksiya, emotsional beqarorlik, shaxs taraqqiyoti, Kegeyli tumani, psixoprofilaktika, kognitiv yondashuv, maktab psixologiyasi.Abstract
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda yuqori sinf o‘quvchilarining rivojlanish bosqichlarida
kuzatiladigan psixologik inqirozlar va ularning shaxs shakllanishiga ta’siri konseptual
jihatdan tahlil qilingan. O‘smirlikdan ilk yoshlik davriga o‘tish davridagi fiziologik va
ruhiy transformatsiyalar o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuviga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
ilmiy asoslab berildi. Maqolada inqirozli holatlarning kelib chiqishida oilaviy muhit,
maktabdagi akademik bosim va tengdoshlar bilan muloqotning o‘rni atroflicha
o‘rganilgan. Muallif tomonidan Kegeyli tumanidagi 13-maktab o‘quvchilari misolida
o‘tkazilgan kuzatuvlar asosida inqirozlarning tipologik xususiyatlari tasniflandi.
Tadqiqot davomida "shaxsiy identifikatsiya" va "rol chalkashligi" o‘rtasidagi
ziddiyatlarni bartaraf etishning zamonaviy metodologik asoslari ishlab chiqilgan.
Inqiroz holatidagi o‘quvchilar bilan ishlashda kognitiv-bixevioral terapiya va art-
terapiya usullarining samaradorligi qiyosiy tahlil qilindi. Maqolada maktab psixologi,
ota-ona va pedagoglar hamkorligining inqirozlarni yumshatishdagi ahamiyati alohida
ta’kidlangan. Xulosa qismida yuqori sinf o‘quvchilarida uchraydigan depressiv
holatlar va motivatsiya pasayishini korreksiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
majmuasi keltirilgan.
References
1. Mirziyoyev Sh.M. "Yangi O‘zbekiston strategiyasi". – Toshkent: "O‘zbekiston",
2021.
2. Vigotskiy L.S. "Pedagogicheskaya psixologiya". – Moskva: Pedagogika-Press,
1999.
3. Erikson E. "Identichnost: yunost i krizis". – Moskva: Progress, 1996.
4. G‘oziyev E.G‘. "Muomala psixologiyasi". – Toshkent: "Universitet", 2001.
5. Nishonova Z.T. "Mustaqil fikrlash psixologiyasi". – Toshkent: "Sharq", 2003.
6. Baratov Sh.R. "Psixologik xizmat asoslari". – Toshkent, 2011.
7. Karimova V.M. "Ijtimoiy psixologiya". – Toshkent: "Fan va texnologiya", 2012.
8. Shcherbatix Yu.V. "Psixologiya stressa i metodi korreksii". – Sankt-Peterburg:
Piter, 2006.