SANOAT KORXONALARIDAGI ZARARLI GAZLARNI VA  CHANGLARNI KAMAYTIRISH CHORALARI

Authors

  • Murodova Xilola Umarqulovna Author
  • Odilova Ruxshona Azizovna Author

Keywords:

KALIT SO’ZLAR. Sanoat chiqindilari, havo ifloslanishi, biofiltr, skrubber, siklon, zararli gazlar, ekologik himoya.

Abstract

ANNOTATSIYA.  Sanoat  korxonalaridan  havoga  chiqariladigan  zararli 
gazlarni  kamaytirish  usullarini  o‘rganishga  bag‘ishlangan.  Unda  skrubberlar, 
biofiltrlar, siklonlar va kimyoviy tozalash tizimlari kabi texnologiyalar tahlil qilingan. 
Har  bir  usulning  ishlash  printsipi,  samaradorligi  va  ekologik  ahamiyati  batafsil 
yoritilgan. Maqola shuningdek, havo ifloslanishi inson salomatligi va atrof-muhitga 
ta’sirini  ko‘rsatadi.  Xozirda  sanoat  chiqindilarini  nazorat  qilish  orqali  ekologik 
muammolarni kamaytirish va havoni toza saqlashning dolzarbligini ta’kidlaydi. Sanoat 
korxonalaridan chiqadigan zararli gazlar inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavf 
tug‘diradi.  Skrubber,  biofiltr,  siklon  va  kimyoviy  tozalash  tizimlari  bu  muammoni 
kamaytirishda samarali vositalar hisoblanadi. Ayniqsa biofiltrlar ekologik va tejamkor 
yechim sifatida merkaptan va boshqa hidli gazlarni yo‘qotishda muhim rol o‘ynaydi. 
Respublikamizdagi  sanoat  korxonalari  ekologik  talablarni  bajarib,  havoni 
ifloslanishidan himoya qilishi muhimdir. 
O‘zbekiston  Respublikasi  va  dunyo  mamlakatlarida  so‘nggi  o‘n  yilliklarda 
sanoat korxonalarining rivojlanishi bilan birga, atmosfera havosidagi zararli moddalar 
miqdori  ortib  bormoqda.  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  (WHO)  ma’lumotlariga 
ko‘ra, havoning ifloslanishi nafaqat nafas yo‘llari kasalliklariga, balki yurak-qon tomir 
tizimi, allergik kasalliklar va hatto saraton kasalligiga sabab bo‘lishi mumkin. 

References

ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi.

Havo ifloslanishi bo‘yicha hisobot, 2023. Air Pollution Control Technology Fact

Sheet, 2021.

2. Ismoilov M.M. "Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish".

Toshkent, 2012-y. G‘ulomov Sh.N. "Sanoat ekologiyasi" (Darslik). Toshkent,

2015-y. To‘xtayev A.S. "Ekologiya" (O‘quv qo‘llanma). Toshkent, 2001-y.

3. Ekologiya - Yu. Odum, ekologiya va atrof-muhit muammolari haqida.

4. Atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari - atmosfera, suv va tuproqni himoya qilish

usullari.

5. Xalliyeva G‘.X. "Sanoat ekologiyasi" (Darslik). Toshkent, 2014. — Sanoat

chiqindilarini tozalash texnologiyalari bo'yicha eng asosiy manbalardan biri.

6. Tursunov M., Tojiyev J. "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish". Toshkent,

2002.

Published

2026-05-09

How to Cite

Murodova Xilola Umarqulovna, & Odilova Ruxshona Azizovna. (2026). SANOAT KORXONALARIDAGI ZARARLI GAZLARNI VA  CHANGLARNI KAMAYTIRISH CHORALARI. TADQIQOTLAR, 85(7), 206-210. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/29000