KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

Authors

  • Azamatova Sevinch Shuxrat qizi Author
  • U.Rashidova Author

Keywords:

Tayanch so‘z va iboralar: Konstitutsiya, siyosiy hujjat, diplomatik aloqa, erkin davlat.

Abstract

Annotatsiya. Konstitutsiya   —  davlatni  davlat,  millatni  millat  qiladigan  
muhim    siyosiy    hujjat  hisoblanadi.Boshqacha    aytganda,    jamiyat    tayanchi    va  
yurtimiz  taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, 
ko‘p  millatli  xalqimiz  xohish-irodasining  qonuniy  ifodasidir.Mazkur  maqolada 
O‘zbekiston    Respublikasining    Konstitutsiyasi    xalqimiz    siyosiy-huquqiy 
tafakkurining yuksak namunasi ekanligi haqida fikr yuritiladi.  

References

72-son_2-to’plam_Oktyabr-2025 109

ISSN:3030-3613

Davlat va jamiyat hayotining asosiy tamoyillarini belgilab beruvchi, inson huquq

va erkinliklarining huquqiy kafolati vazifasini oʻtovchi Konstitutsiya – nafaqat

davlatchilikning muhim ramzi, balki har bir xalqning milliy gʻururi va oʻz -oʻzini

hurmat qilishining huquqiy timsoli hamdir. O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech

kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning

qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, har bir mamlakat erkin va farovon

jamiyat qurishga intilar ekan, bu yo‘ldagi ulug‘vor maqsad va vazifalarini, avvalo,

o‘z Konstitutsiyasida mustahkamlaydi. Zotan, unda mamlakatimizning o‘z oldiga

qo‘ygan ulkan maqsad va vazifalari, xalqaro miqyosda qabul qilingan inson huquqlari

va huquq ustuvorligi hamda demokratiya tamoyillari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.

Bizning mamlakatimizda ham bosh qomusimizning ahamiyati va tutgan o’rni

nihoyatda yuksakdir. Barchamizga ayonki, dunyo bo ‘ylab urushlar ko‘payotgan

bir pallada bizning mamalakatimizda tinchlik hukm surmoqda. Buning boisi davlat

qomusining mukammal tuzilganligi va barchaning unga birdek amala qilishidir deb

o’ylayman. Konstitutsiya – davlatimizning bosh qonuni, huquq va erkinliklarimiz

kafolati, dunyoda tenglar ichida teng, davlatchilik tarixiga ega xalq, suveren davlat

ekanimizning shahodati hamdir. Xulosa o‘rnida shuni ham ta’kidlashim kerakki,

yurtimizda yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan har bir ongli inson O‘zbekiston

Respublikasining asosiy Qonuni – Konstitutsiyamizning barcha moddalarini

mukammal bilishi va hayotga to‘g‘ri tatbiq qilmog‘i, shuningdek, o‘ziga

yuklatilgan burchlarini sezib, to‘laqonli ravishda bajarishi lozim bo‘ladi. Ushbu

ishlarni amalga oshirgan kishilar ham davrimiz, ham bebaho milliy qadriyatlarimiz

me’yorlariga amal qilgan bo‘ladi. Davlatda kostitutsiyaning joriy etilganligi va unga

barchaning birdek amal qilishi bu davlatning farovonligi va tinchligini ta’minlaydi.

Buning uchun esa har bir shaxs huquqiy tarbiyalangan bo‘lishi va huquqiy ong va

bilimlarga ega bo‘lishi lozimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. A.Hojiyev. O‘zbek tili sinonimlar lug‘ati.–Toshkent: O‘qituvchi,1974, 307b.

2. A.T.Ko‘ragon. Temur tuzuklari.– Toshkent: Ochun, 2024, 160 b.

3. I.Islomov, F.Amonova, B.Qandov. O‘zbekiston tarixi.–Toshkent: Ochun, 2024,

512 b.

4. M.Akramov. Konstitutsiya va huquqiy davlatning asosiy tamoyillari. Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.

5. Manba: https://kun.uz/news/2023/05/02/yangi-konstitutsiya

6. Manba: https://www.standart.uz/ru/news/view?id=1720

7. N.Mahmudov. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. –Toshkent: G‘.G‘ulom,

2023. 512 b.

8. Sh.M.Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.–Toshkent: 2017.

9. Sh.M.Mirziyoyev.Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016,53 b.

10. https://www.lex.uz/docs/-7160383

Published

2025-10-20

How to Cite

Azamatova Sevinch Shuxrat qizi, & U.Rashidova. (2025). KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI . TADQIQOTLAR, 72(2), 105-110. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/2961