QON OʻRNINI BOSUVCHI SUYUQLIKLAR.
Abstract
Qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar, infuzion vositalar — davolash maqsadida
qon yoki plazma oʻrniga ishlatiladigan vositalar; shok holatida, koʻp qon yoʻqotganda,
kamqonlik, yiringli septik kasalliklarda, kuyganda va boshqalarda qoʻllanadi. Taʼsir
etishiga koʻra gemodinamik (shokka qarshi), dezintoksikatsion va parenteral qon
oʻrnini bosuvchi suyuqliklar ajratiladi.
Shokka qarshi preparatlarga dekstran asosidagi oʻrta molekulali poliglyukin,
polifer, poliglyusol, makrodeks, intradeks, dekstran, plazmodeks, xemodeks va
boshqa, shuningdek, quyi molekulali reopoliglyukin, reoglyuman, reomakrodeks,
lomodeks, dekstran-40, gemodeks; jelatina preparatlari — jelatinol, gemojel, jelofuzin,
plazmojel; gidrooksietilkraxmal asosidagi preparatlar — oksiamal, volekam,
plazmosteril, voleks, 6—XES; polietilen glikol asosidagi polioksidinlar ishlatiladi.
Dezintoksikatsion (organizmni zaharli moddalardan tozalovchi preparatlar) taʼsir
etuvchilarga quyi molekulali polivinil-pirrolidon asosidagi preparatlar, asosan,
gemodez, neogemodez, periston-N, subtozan, plazmozan, komidon va hokazo kiradi.
Ular har xil zaharli moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi va siydik orqali
organizmdan chiqib ketadi. Parenteral ovqatlantirishda (ovqat sifatida) oqsil
mahsulotlari (plazma, albumin), shuningdek, oqsil gidrolizatlari (kazein gidrolizati,
gidrolizin, aminopeptid, fibrinosol va boshqalar) qoʻllanadi. Yogʻli emulsiyalar
(infuzolipol, intralipid, lipifizian, lipofundin, lipozin, infonutrol, fatgen) ham
parenteral ovqatlantirish va organizmning quvvatini oshirish uchun ishlatiladi.
Kompleks taʼsir koʻrsatuvchi, shuningdek, kislorod tashish faoliyatiga ega, suv-tuz
hamda kis-lota-ishqor muvozanatini boshqaruvchi qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar
ham mavjud.
References
Adabiyotlar:
1. «Shifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasi» №0342-17. Davolash-profilaktika
muassasalarida dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish tadbirlarini tashkil etish.
2. Avtoklavlash va sterilizatsiyalashda texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘rta tibbiyot
xodimlari uchun o‘quv uslubiy qullanma. Tashkent.2009.y
3. O‘zbekiston respublikasi sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigienik normativlari.
O‘zR SanQvaM № 0365 -19.
4. Irgashev Sh.B., “Meditsinskaya Valeologiya”. Toshkent- 2012
5. Yu.Allayorov Yu.Tojiboev: “Favqulotda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari”.
6. N.I.Stuklov, G.I.Kozines, N.G.Tyurina. “Uchebnik po gematologii”. Moskva.
Prakticheskaya meditsina. 2018 g.
7. Agzamxodjaev T.S., Xaydarov M.B,. Ismailova M.U. Tolipov M.G., Babaniyazov
K.K. “Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari”. Toshkent 2016.