MEDIA DISKURSDA MA’NO YARATISHNING LEKSIK-SEMANTIK STRATEGIYALARI: QIYOSIY TAHLIL
Keywords:
Kalit so‘zlar: leksik-semantik strategiyalar, media diskurs, baholovchi leksika, metafora, sinonimik tanlov, terminologik birliklar, o‘zbek matbuoti, ingliz matbuoti, qiyosiy tahlil.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tadqiqot ommaviy axborot vositalari diskursida leksik-
semantik strategiyalarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ish o‘zbek va ingliz
matbuoti materiallari asosida amalga oshirilgan. Tadqiqotda baholovchi leksika,
metaforalar, sinonimik tanlov, terminologik birliklar va intensifikatsiya kabi leksik-
semantik vositalar tahlil qilingan. Publitsistik matnlar tahlili asosida ushbu
strategiyalarning o‘zbek va ingliz media diskursida qo‘llanishidagi o‘xshashlik va
farqlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek matbuotida
publitsistik va emotsional ifodalar ustunlik qilsa, ingliz matbuotida qisqa va aniq
baholovchi birliklar yetakchilik qiladi. Metaforalar o‘zbek diskursida keng va obrazli
shaklda, ingliz diskursida esa ixcham tarzda qo‘llanadi. Sinonimik tanlov o‘zbek
matbuotida emotsional ranglarga boy bo‘lsa, ingliz matbuotida funksional va
kontekstual farqlarga asoslangan. Terminologik strategiyada o‘zbek matbuoti milliy
terminlarni yaratishga intilsa, ingliz matbuoti xalqaro terminlarni qabul qilishga moyil.
References
1. Baker P. Using Corpora in Discourse Analysis. – London: Bloomsbury Academic,
2018. – 256 p.
2. Biber D., Conrad S. Register, Genre, and Style. – Cambridge: Cambridge University
Press, 2019. – 420 p.
3. Fairclough N. Critical Discourse Analysis: The Critical Study of Language. –
London: Routledge, 2014. – 591 p.
4. Leech G. Principles of Pragmatics. – London: Routledge, 2016. – 250 p.
5. Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent: Fan, 1992. – 128 b.
6. Mahmudov N. O‘zbek tili nazariy grammatikasi. Sintaksis. – Toshkent: O‘qituvchi,
1995. – 232 b.
7. Mahmudov N. O‘zimiz va tilimiz. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti, 1997. – 176 b.
8. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: Fan, 2009. – 160 b.
9. Dexqonova A. O‘zbek va ingliz tilidagi iboralarning pragmatik analizi // Filologiya
masalalari. – 2025. – №1-M1. – B. 44-52.
10. Vašát P. Kritická diskursivní analýza: Sociální konstruktivismus v praxi //
AntropoWEBZIN. – 2008. – Vol. 4. – No 2-3. – S. 101-112.