O‘RTA YOSHDAGI QANDLI DIABET BEMORLARDA DIABETIK RETINOPATIYANING TARQALISH CHASTOTASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: diabetik retinopatiya, qandli diabet, 2-tur qandli diabet, o‘rta yosh, skrining, ko‘rish o‘tkirligi, noproliferativ diabetik retinopatiya.Abstract
Annotatsiya. Diabetik retinopatiya qandli diabetning eng muhim
mikroangiopatik asoratlaridan biri bo‘lib, u ko‘rish o‘tkirligining pasayishi va
nogironlikka olib keluvchi asosiy sabablardan hisoblanadi. Ayniqsa, 2-tur qandli diabet
bilan kasallangan bemorlarda uning erta aniqlanishi kasallik oqibatlarini oldini olishda
muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi o‘rta yoshdagi 2-tur qandli
diabet bemorlarida diabetik retinopatiyaning tarqalish chastotasini aniqlash va uning
klinik xususiyatlarini baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot Respublika
ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida olib
borildi. Tadqiqotga 124 nafar (248 ta ko‘z) 2-tur qandli diabet bilan kasallangan
bemorlar jalb etildi. Bemorlar orasida 55 (44%) erkak va 69 (56%) ayol mavjud bo‘lib,
kasallik davomiyligi 1–12 yilni tashkil etdi. Bemorlar vizometriya, biomikroskopiya,
oftalmoskopiya va tonometriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
bemorlarning 98 (79%) tasida diabetik retinopatiya belgilari aniqlandi. Ularning 56
(44%) tasida boshlang‘ich darajali noproliferativ diabetik retinopatiya, 40 (32%) tasida
o‘rta darajali noproliferativ diabetik retinopatiya, 2 (2%) tasida esa og‘ir darajali nopro-
liferativ diabetik retinopatiya kuzatildi. 26 (21%) bemorda esa diabetik retinopatiya
belgilari aniqlanmadi. Diabetik retinopatiya asosan kasallik davomiyligi 8–12 yil
bo‘lgan bemorlarda ko‘proq uchradi. Tadqiqot natijalari o‘rta yoshdagi 2-tur qandli
diabet bemorlarida diabetik retinopatiya yuqori chastotada uchrashini ko‘rsatdi.
Ayollarda ushbu patologiya erkaklarga nisbatan ko‘proq aniqlangani kuzatildi.
Kasallikning erta bosqichlaridan boshlab muntazam oftalmologik skrining o‘tkazish
diabetik retinopatiyaning og‘ir shakllarini, ko‘rish pasayishi va ko‘rlik rivojlanishini
oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi..
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Бахритдинова Ф. А.,Урманова Ф. М., Туйчибаева Д.М. Диагностическая роль
оптической когерентрой томографии ангиографии при диабестической
ретинопатии. Передовая офтальмология. 2023; 2(2):29-34
2. Yangieva N. R., Tuychibaeva D. M., Urmanova F. М. Diabetik retinopatiya
belgilarisiz 2-turdagi qandli diabetda OKT-angiografiyasini o'rganish. — Илғор
офтальмология. — 2023; 4(4):65-69
3. Das, T., Islam, K., Dorji, P., Narayanan, R., Rani, P. K., Takkar, B., Thapa, R.,
Moin, M., Piyasena, P. N., & Sivaprasad, S. (2024). Health transition and eye care
policy planning for people with diabetic retinopathy in south Asia. The Lancet
Regional Health - Southeast Asia, 27, 100435.
https://doi.org/10.1016/j.lansea.2024.100435
4. G, N. C., Golla, M., G, A. N., Kautish, S., Almazyad, A. S., Xiong, G., & Mohamed,
A. W. (2024). Evaluating the performance of a Non-Uniform squash function in
capsule networks for early diabetic retinopathy detection using FundUs image
analysis. Results in Engineering, 102820.
https://doi.org/10.1016/j.rineng.2024.102820
5. Hirano, T., Takahashi, Y., Hoshiyama, K., & Murata, T. (2022). Optical coherence
tomography angiography findings before and after onset of foveal retinal
neovascularization in diabetic retinopathy. American Journal of Ophthalmology
Case Reports, 26, 101435. https://doi.org/10.1016/j.ajoc.2022.101435
6. Hsieh, Y., Chuang, L., Jiang, Y., Chang, T., Yang, C., Yang, C., Chan, L., Kao, T.,
Chen, T., Lin, H., Tsai, C., & Chen, M. (2020). Application of deep learning image
assessment software VeriSeeTM for diabetic retinopathy screening. Journal of the
Formosan Medical Association, 120(1), 165–171.
https://doi.org/10.1016/j.jfma.2020.03.024
7. Kalogeropoulos, D., Kalogeropoulos, C., Stefaniotou, M., & Neofytou, M. (2020).
The role of tele-ophthalmology in diabetic retinopathy screening. Journal of
Optometry, 13(4), 262–268. https://doi.org/10.1016/j.optom.2019.12.004
8. Kato, A., Fujishima, K., Takami, K., Inoue, N., Takase, N., Suzuki, N., Suzuki, K.,
Kuwayama, S., Yamada, A., Sakai, K., Horita, R., Nozaki, M., Yoshida, M., Hirano,
Y., Yasukawa, T., & Ogura, Y. (2021). Remote screening of diabetic retinopathy
using ultra-widefield retinal imaging. Diabetes Research and Clinical Practice, 177,
108902. https://doi.org/10.1016/j.diabres.2021.108902
9. Liao, D., Fan, W., Li, N., Li, R., Wang, X., Liu, J., Wang, H., & Hou, S. (2024). A
single cell atlas of circulating immune cells involved in diabetic retinopathy.
iScience, 27(2), 109003. https://doi.org/10.1016/j.isci.2024.109003
10. Melo, G. B., Malerbi, F. K., De Medeiros, J. N., & Grauslund, J. (2023). A
comprehensive strategy of diabetic retinopathy screening in a public health system:
identifying and overcoming obstacles for implementation. Diabetes Epidemiology
and Management, 13, 100192. https://doi.org/10.1016/j.deman.2023.100192