RAQOBATLASHGAN MONOPOL BOZOR
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqobatlashgan monopol bozor, raqobat, monopoliya, narx, mahsulot farqlanishi, bozor tuzilmasi, iqtisodiyot, korxona samaradorligi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqobatlashgan monopol bozorning nazariy
asoslari, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Raqobatlashgan
monopol bozor boshqa bozor turlaridan farqli ravishda, bir tomondan raqobat mavjud
bo‘lgan, ikkinchi tomondan esa har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotining noyobligi
orqali bozorda ma’lum darajada narx belgilash imkoniyatiga ega bo‘lgan tuzilma
sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada bunday bozorlarning asosiy xususiyatlari,
afzalliklari, kamchiliklari hamda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi holati yoritilgan.
Shuningdek, raqobatlashgan monopol bozor sharoitida korxonalarning samarali
faoliyat yuritishi uchun zarur omillar va davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari
haqida ham fikr yuritilgan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Chamberlin E. The Theory of Monopolistic Competition. — Harvard University
Press,1933. Ushbu manbadan raqobatlashgan monopol bozorning nazariy asoslari,
ya’ni raqobat va monopoliya unsurlarining bir tizimda birlashish g‘oyasi olingan.
2. Robinson J. The Economics of Imperfect Competition. — London: Macmillan,
1933. Bu manbadan nomukammal raqobat turlari va monopolistik raqobatning
iqtisodiy samaradorlikka ta’siri haqidagi ilmiy qarashlar foydalanilgan.
3. Fitch Ratings. Artel Electronics is Uzbekistan’s leading home appliances producer
Maqolaning tajriba bo‘limida, “Artel” kompaniyasining O‘zbekiston maishiy texnika bozoridagi yetakchilik mavqei haqidagi ma’lumotlar ushbu manbadan
olingan. 2024 yil hisobotidan.
4. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish qo‘mitasi rasmiy veb-sayti: https://competition.gov.uz
Tahlil va takliflar qismida, davlatning raqobat siyosati, adolatsiz raqobatga qarshi
kurash choralari haqidagi real ma’lumotlar ushbu manbadan olingan.
5. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari,
2023-yil.—https://stat.uz
Tahlil va natijalar muhokamasi bo‘limida, kichik biznes subyektlari sonining
o‘sishi va raqobat darajasi haqidagi statistik ma’lumotlar ushbu manbadan olingan.