TIL O‘RGANISHNING USULLARI: SAMARALI NATIJAGA ERISHISH SIRLARI

Authors

  • Shamsiddinova Muhlisa. Author
  • Usmonova Feruzaxon Raxmonali. Author

Abstract

Assalomu alaykum hammaga! Bugun men sizlarga "Til oʻrganishning usullari 
va samarali natijaga erishish sirlari" haqida maʼlumot berishni boshladim. 
Men oʻylab koʻrdimki, hozirgi kunda til bilish juda muhim, ayniqsa, oddiy ishga 
kirish uchun ham til bilishingiz shart. Masalan, oddiy bir misol: siz xohlagan va biron 
bir doʻkonda ishlashni istagan joyingizga bordingiz, keyin ular sizdan, albatta, rus tilini 
bilish-bilmasligingizni  soʻrashadi.  Chunki  bu  yerga  ruslar  ham  juda  koʻp  keladi. 
Hozirgi kunda bizning jonajon yurtimizda inglizlar ham, koʻplab chet elliklar ham bor, 
buni siz, albatta, koʻrgansiz. Yoki boshqa til vakillarini ham uchratishingiz mumkin: 
hindistonlik,  amerikalik,  afrikalik,  xitoylik,  yaponiyalik,  koreyalik,  ispaniyalik, 
fransiyalik,  turkiyalik,  rossiyalik,  tojikiistonlik,  dubaylik  va  boshqa  davlatlar 
fuqarolarini, albatta, yurtimizda koʻrishingiz mumkin. Ayniqsa, hozirgi kunlarda  va 
oldin  ham  yurtimizga  koʻplab  turistlar  tashrif  buyurishmoqda.  Demoqchimanki, 
ularning koʻpchiligi rus tili va ingliz tilida gaplashadi. Shuning uchun ham hozirgi 
kunlarda tilga ehtiyoj juda kuchli deb oʻylayman. Oxir-oqibat bu sizning kelajagingiz 
uchun  ham  juda  foydali  poydevor  (fundament)  boʻladi.  Yaʼni  yangi  hayot 
boshlashingiz  va  ishga  kirishingiz  uchun  ingliz  tilini  ham  soʻrashligi  mumkin. 
Ayniqsa, hozirgi kunlarda kamida qoʻshimcha bitta til bilishingiz kerak. 

Published

2026-06-06

How to Cite

Shamsiddinova Muhlisa., & Usmonova Feruzaxon Raxmonali. (2026). TIL O‘RGANISHNING USULLARI: SAMARALI NATIJAGA ERISHISH SIRLARI . TADQIQOTLAR, 87(4), 192-194. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/32609