OʻSMIR OʻQUVCHILARDA DEVIANT XULQ-ATVOR PROFILAKTIKASINING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI VA SAMARADORLIGI
Keywords:
Kаlit soʻzlаr: Deviant xulq-atvor, profilaktika, oʻsmirlik davri, maktab psixologi, agressiya, xavotirlik, ijtimoiy moslashuv, psixokorreksiya, trening.Abstract
Аnnotatsiya
Mazkur maqola umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarida deviant xulq-atvorning
oldini olishga qaratilgan psixologik chora-tadbirlar va ularning samaradorligini
oʻrganishga bagʻishlangan. Unda oʻsmirlik davrida deviant xulq-atvorning paydo
boʻlish sabablari, namoyon boʻlish shakllari va maktab psixologining profilaktik
ishlardagi oʻrni yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi – psixokorreksion treninglar orqali
oʻquvchilarda agressivlik, xavotirlik darajasini kamaytirish va ijtimoiy moslashuvni
oshirish, shu bilan birga deviant xulq-atvorga moyillikning oldini olishdan iborat.
Natijalar shuni koʻrsatdiki, muntazam oʻtkazilgan psixologik treninglar
oʻquvchilarning salbiy xulq-atvorga moyilligini sezilarli darajada kamaytiradi va
ularning ijtimoiy-psixologik kompetentligini oshiradi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati
toʻgʻrisida"gi qonuni.
2. Zimnyaya, I. A. Pedagogicheskaya psixologiya. Moskva: Logos, 2004.
3. Karimova, V. M. Psixologiya. Toshkent: Sharq, 2007.
4. Bandura, A. Social learning theory. Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall, 1977.
5. Qosimova, M. A. Oʻsmirlarda deviant xulq-atvor profilaktikasi boʻyicha
metodik qoʻllanma. Quvasoy: 2024.