SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH MASALALARI
Abstract
Bugungi raqamlashtirish jarayonlari sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalaridan
davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank-moliya tizimi, marketing va boshqa
ijtimoiy munosabatlarning deyarli barcha sohalarida faol foydalanilmoqda. Bu esa, o‘z
navbatida, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi va ulardan qonuniy
foydalanish masalasini kun tartibiga olib chiqmoqda.
Biroq, raqamli taraqqiyot bilan bir qatorda insonning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklari, ayniqsa, shaxsiy hayot daxlsizligi hamda shaxsga doir ma’lumotlarni
himoya qilish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki sun’iy intellekt
orqali shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, o‘zgartirish va tarqatish
imkoniyatlarining kengayishi ushbu munosabatlarni aniq huquqiy mexanizmlar
asosida tartibga solishni talab etadi. Sun’iy intellektning funksional imkoniyatlari esa
ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshirmoqda.
References
Foydalanilgan manbalar
1. “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun, 02.07.2019 yildagi O‘RQ-
547-son
2. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun, 11.12.2003 yildagi 560-II-son
3. “Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga
solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun, 21.01.2026 yildagi O‘RQ-
1115-son
4. Gazeta.uz internet nashri