ALKOLOID SAQLOVCHI DORI DORIVOR O’SIMLIKLAR
Abstract
O‘simliklar (qisman hayvonlar) to‘qimalarida tayyor holda bo‘ladigan asosli
(ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bo‘lgan azotli murakkab organik
birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha — alqali — ishqor va yunoncha
— yeydos — o‘xshash (simon) so‘zlaridan iborat bo‘lib, ishqorsimon birikma degan
ma’noni bildiradi. Bu alkaloidlarning asosli xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
1819-yilda Meysner sabadilla o‘simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni
birinchi bo‘lib alkaloid deb atadi. Tarkibida alkaloid bo‘lgan o‘simliklar qadimdan
ishlatib kelinsada, bundan taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o‘rganish va
tekshirish sohasida ilmiy ishlar boshlandi. Alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi
nemis dorixonachisi Sertyurner hisoblanadi. U 1806-yilda opiydan kristall holda
alkaloid ajratib oldi va 1811-yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi. Akademik A.
P. Orexov tomonidan Butun ittifoq kimyo- farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti
qoshida birinchi marta „Alkaloidlar“ bo‘limi tashkil etildi va tarkibida alkaloid bo‘lgan
o‘simliklarni o‘rganishga asos solindi. Ko‘p o‘tmay A. P. Orexov rahbarligida 8 yil
ichida (1930—1937-yillar) laboratoriya xizmatchilari 80 ta alkaloidli yangi o‘simlik
topdilar hamda ulardan 40 ta yangi alkaloid ajratib oldilar. Bu vaqtda butun dunyoda
hammasi bo‘lib 113 ta; jumladan, Hindistonda 20, Yaponiyada 18, Angliyada 12,
Xitoyda 10 ta yangi alkaloid topilgan edi.1936-yildan boshlab, Toshkent Davlat
universiteti kimyo fakultetida G. V. Lazuryevskiy va O. S. Sodiqovlar O‘zbekistonda
yovvoyi holda o‘sadigan alkaloidli o‘simliklarni tekshira boshladilar. 1946-yilga kelib,
shu fakultet qoshida „O‘simliklar kimyosini o‘rganish“ kafedrasi tashkil qilindi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xolmatov X.X., Ahmedov O‘.A. Farmakognoziya. Toshkent.
2. Pratov O‘.P. Botanika. Toshkent.
3. Hamidov A.H. Dorivor o‘simliklar va ularning biologik faol moddalari.
4. Trease and Evans. Pharmacognosy. London.
5. Kokate C.K. Pharmacognosy.
6. Tyler V.E. Medicinal Plants.
7. WHO Monographs on Selected Medicinal Plants.
8. European Pharmacopoeia.