BUYUK O’RTA OSIYOLIK MUTAFAKKIR OLIMLAR

Authors

  • Ziyotova Karomat Ergashevna Author

Abstract

 
Abu  Abdullo  Muhammad  Ibn  Muso  al  -  Xorazmiy.  (783-850yy)  Buyuk 
mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val 
mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida 
yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga 
ham  katta  asos  bo’ldi.  «Hind  arifmetikasi  haqida  kitob»  asari  tufayli  avval  Sharq 
xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli 
pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-
Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik 
jadvallari»  astronomiyaga  oid  bo’lib,  ular  muallifning  nomini  jahonga  yoydi. 
Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida 
risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning 
nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik 
Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat 
Sharqda emas, balki G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi. 

Published

2026-06-09

How to Cite

Ziyotova Karomat Ergashevna. (2026). BUYUK O’RTA OSIYOLIK MUTAFAKKIR OLIMLAR . TADQIQOTLAR, 87(8), 267-271. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/33229