YUQORI SINF O‘QUVCHILARDA KASBIY O‘ZINI ANGLASHNI SHAKLLANTIRISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING ROLI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kasbiy o‘zini anglash, yuqori sinf o‘quvchilari, kasb tanlash, maktab psixologi, kasbiy yo‘nalish, qobiliyat, qiziqishlar, motivatsiya, psixologik diagnostika, kasbiy maslahat, individual yondashuv, hayotiy qadriyatlar, o‘zini baholash, shaxs rivojlanishi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarida kasbiy o‘zini
anglashni shakllantirish jarayonida maktab psixologining o‘rni va ahamiyati tahlil
qilingan. Kasbiy o‘zini anglash shaxsning o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari, moyilliklari
hamda hayotiy qadriyatlarini anglagan holda kelajak kasbini ongli ravishda tanlash
jarayonini ifodalaydi. Maqolada o‘quvchilarda kasbiy yo‘nalishni belgilash, o‘z
imkoniyatlarini real baholash hamda kasb tanlashga ta’sir etuvchi psixologik omillar
yoritilgan. Shuningdek, maktab psixologi tomonidan olib boriladigan diagnostik,
maslahat va rivojlantiruvchi ishlar orqali o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash
va to‘g‘ri kasbiy yo‘nalishga yo‘naltirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Kasbiy o‘zini
anglashni shakllantirishda individual yondashuv, psixologik testlar, suhbatlar va
treninglarning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarning ongli
kasb tanlashi va kelajak hayotiga mas’uliyatli yondashuvini shakllantirishda maktab
psixologining muhim rolini ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Karimova V.M. Psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
2. G‘oziev E.G‘. Yosh davrlari psixologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2018.
3. Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya. – Toshkent:
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017.
4. Davletshin M.G. Pedagogik psixologiya asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020.
5. Vohidov M.V. Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2016.
6. Musurmonova O. Oila ma’naviyati va tarbiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.
7. To‘xtaboyeva M. Psixologik maslahat va profilaktika ishlari. – Toshkent: Innovatsiya,
2021.