KASB TANLASH MAS'ULIYATI

Authors

  • Isomidinova Ruxsora Author

Abstract

Har bir inson hayotida muhim qarorlar bo‘ladi. Shunday qarorlardan biri kasb 
tanlashdir.                                                         
Kasb  insonning  kelajakdagi  faoliyati,  turmush  tarzi  va  jamiyatdagi  o‘rnini 
belgilaydi. Shu sababli kasb tanlashga jiddiy  yondashish zarur.Bugungi kunda turli 
sohalarda minglab kasblar mavjud. Yoshlar kasb tanlashda ko‘pincha ota-onalarining 
fikri, do‘stlarining tavsiyasi yoki kasbning daromadiga e'tibor berishadi. Ammo eng 
muhimi insonning qiziqishi va qobiliyatidir. O‘zi yoqtirgan kasb bilan shug‘ullangan 
inson o‘z ishini sidqidildan bajaradi va muvaffaqiyatga erishadi. 
Kasb  tanlashdan  oldin  o‘sha  soha  haqida  yetarli  ma'lumot  to‘plash  kerak. 
Kasbning afzalliklari, murakkab tomonlari va jamiyatdagi o‘rnini bilish to‘g‘ri qaror 
qabul  qilishga  yordam  beradi.  Bundan  tashqari,  inson  o‘z  imkoniyatlari  va 
qobiliyatlarini ham hisobga olishi lozim. 
Kasb  nafaqat  daromad  manbai,  balki  insonning  jamiyatga  foyda  keltirish 
vositasidir.  Shifokorlar  inson  salomatligini  saqlaydi,  o‘qituvchilar  bilim  beradi, 
quruvchilar esa yangi binolar bunyod etadi. Har bir kasbning o‘ziga xos ahamiyati bor. 
Xulosa  o‘rnida  aytish  mumkinki,  kasb  tanlash  katta  mas'uliyat  talab  qiladigan 
jarayondir. To‘g‘ri tanlangan kasb insonning kelajagini belgilaydi va uni muvaffaqiyat 
sari yetaklaydi. 
 
 

Published

2026-06-12

How to Cite

Isomidinova Ruxsora. (2026). KASB TANLASH MAS’ULIYATI . TADQIQOTLAR, 88(2), 55-55. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/33675