KICHIK ODATLAR KATTA NATIJALARGA OLIB KELADIMI?
Abstract
Har bir inson hayotda muvaffaqiyatga erishishni, o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlariga yetishni istaydi. Ko‘pchilik bunga erishish uchun katta ishlar qilish kerak
deb hisoblaydi. Aslida esa insonning kundalik hayotidagi kichik odatlari uning
kelajagini belgilab beradi. Har kuni bajariladigan oddiy ishlar vaqt o‘tishi bilan katta
natijalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Masalan, har kuni bir necha sahifa kitob o‘qish insonning bilimini oshiradi.
Dastlab bu juda kichik ishdek ko‘rinadi, ammo bir yil davomida muntazam kitob
o‘qigan odam yuzlab sahifalarni mutolaa qilgan bo‘ladi. Xuddi shuningdek, har kuni
sport bilan shug‘ullanish ham inson salomatligini mustahkamlaydi. Bir kunda katta
o‘zgarish sezilmasligi mumkin, lekin uzoq muddat davomida bu odatning foydasi
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Kichik odatlar insonning xarakterini ham shakllantiradi. Vaqtida uyg‘onish,
berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, tartib-intizomga rioya qilish kabi odatlar
mas’uliyat hissini rivojlantiradi. Bunday insonlar hayotda ko‘proq muvaffaqiyat
qozonadilar va o‘z maqsadlariga tezroq erishadilar.