O‘QUVCHILARNING SHAXSIY VA IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING ROLI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Psixologik xizmat, o‘quvchi shaxsi, shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy rivojlanish, psixologik salomatlik, ijtimoiy moslashuv, muloqot ko‘nikmalari, o‘z- o‘zini anglash, ta’lim jarayoni, psixologik yordam, shaxs kamoloti, ijtimoiy kompetensiya, maktab psixologi, tarbiya, barkamol avlod.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy
rivojlanishida psixologik xizmatning o‘rni, ahamiyati hamda asosiy vazifalari
yoritilgan. Ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologlarning o‘quvchilarning
individual xususiyatlarini aniqlash, ularning psixologik salomatligini mustahkamlash,
muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy moslashuvini ta’minlashdagi
faoliyati tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada psixologik xizmatning o‘quvchilarda
mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini anglash, mas’uliyat hissini shakllantirish hamda
tengdoshlari va kattalar bilan samarali munosabatlar o‘rnatishdagi ahamiyati ilmiy-
nazariy jihatdan asoslab berilgan. Psixologik xizmatning zamonaviy ta’lim
jarayonidagi samarali faoliyati o‘quvchilarning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga,
ularning ijtimoiy faolligi va hayotiy kompetensiyalarining rivojlanishiga xizmat qilishi
ta’kidlangan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Karimova V.M. Psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
2. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. — Toshkent: Universitet, 2002.
3. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat. – Toshkent: Fan, 2016.
4. Mahmudov N. Ta’lim psixologiyasi. – Toshkent: Noshir, 2020.
5. Bayyar Dj., Bayyar Dj. Sening og‘ir o‘smiring. – Moskva: "Progress", 2005.