OILAVIY KONFLIKTLARNING FARZANDLARGA PSIXOLOGIK TA’SIRI
Abstract
Inson o‘z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy
munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo‘ladigan turli
munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo‘lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa
har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom
etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz.
Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo‘lgan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, hech bir
inson o‘zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta
olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson
o‘z hayoti davomida konfliktlar bilan to‘qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo‘lib,
konflikt bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining
zaruriy talablaridan biridir. Psixologik jihatdan konfliktlarni o‘rganish faqat nazariy
emas, balki juda muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Fanning bu sohasi vaziyatlarda
yuzaga keluvchi konfliktlarning oldini olishga, ularni hal qilish uchun samarali
choralarni qo‘llashga yordam beradi. Oila insonlarni birlashtirib turuvchi eng kichik
ijtimoiy birlik bo‘lib, uning tinchligi, ravnaqi va barqarorligi jamiyat tinchligi va
barqarorligi hisoblanadi. Shu bois, J.Santayana “Oila tabiatning shoh asarlaridan
biridir”, deydi. Oila – ma’naviyat o‘chog‘i. Aynan oilada insonning ma’naviy
qadriyatlari shakllantiriladi
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1. Inomova M.O. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. –T.: TDPU,
1999;
2. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g‘urur. –T.: O‘qituvchi, 2000;
3. Xolmatova M. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog‘lom avlod tarbiyasi.
– T.: O‘zbekiston, 2000;
4. Xolmatova M., Muravyeva N. Yoshlar oilaviy hayot bo‘sag‘asida.-T.:
O‘zbekiston, 2000;
5. M.Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk, Toshksnt, 1960, 401-bet
6. .www.Ziyonet.uz 7. www.fikr.uz 8. www. edu. Uz 4 M.Qoshg’ariy. Devonu
lug’otit tur