ASAB KASALLIKLARINI TEKSHIRISH, DAVOLASH VA PARVARISH QILISH USULLARI

Authors

  • Xolmirzayeva Ibodatxon A’zamjon qizi Author

Abstract

Bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi tug‘ilgan yili, jinsi, millati, manzili, 
ishlash  joyi,  kasbi,  shifoxonaga  kelgan  vaqti  va  soati, shifoxonadan  chiqqan  vaqti, 
qaysi transportda kelgani, yo‘llanmasidagi tashxisi, qabulxonada qo‘yilgan tashxisi va 
yakuniy  tashxisi.  Bemorning  asosiy  shikoyatlari  so‘raladi.Bemordan  bosh  og‘rishi, 
boshning qanday og‘rishi, doimiyligi, kunning qaysi vaqtida og‘rishi, og‘riq boshning 
qaysi  joylarida  ko‘proq  bo‘lishi  va  og‘riqni  keltirib  chiqaruvchi  sabablar  so‘raladi. 
Kasallikning  rivojlanish  anamnezida  kasallikning  boshlanishi,  dastlabki  belgilar, 
kechishi, qilingan davoni natijasi so‘raladi. Kasallik qanday paydo bo‘lganligi, birdan 
yoki asta-sekinlik bilan, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganmi yoki boshqa kasalliklar bilan 
kasallik kuchayganmi, qayerda davolangan, qanday dorilar olganligi so‘raladi. Ayol 
bemorning  hayot  anamezida  homiladorlikning  birinchi  va  ikkinchi  yarimidagi 
toksikozi,  onaning  kechirgan  kasalliklari,  olgan  dorilari,  homilaning  harakati,  bola 
tushish  alomati  so‘raladi.  Bundan  tashqari,  bola  nechanchi  homiladan  o‘z  vaqtida 
tug‘ilganligi, oson yoki qiyin tug‘ilganligi, tug‘ilgan vaqtida yig‘laganligi, ko‘karib 
qolishi,  sarg‘ayishi,  yaxshi  emganligi.  

References

Asosiy adabiyotlar:

1. X.Q.Shodmonov, X.Sh.Eshmurodov, O.T.Tursunova. «Asab va ruhiy

kasalliklar». Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti, 2012y.

2. Pulatova Sh.A., Saidova X.X. “Kattalarda hamshiralik parvarishi” II kism,

Toshkent “Chulpon”

nashriyoti, 2014 yil

Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. S.T.Tursunov, T.S.Nodirov «Sog‘lom turmush tarzi». Toshkent, ”Bilim”

nashriyoti, 2006 y.

2. Raximberdiyeva G. “Asab kasalliklarida hamshiralik ishi”. Toshkent, “Voris-

nashriyot”, 2014

yil.

3. Nazirov F.”Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish kilish”. Toshkent,

“Abu Ali ibn Sino”

nashriyoti, 2003 yil

4. Spravochnik Vidalya. Toshkent, 2008y.

5. S.M.Bortnikova, T.V.Zubaxina “Sestrinskoye delo v nevropatologii i

psixiatrii s kursom

narkologii”. Rostov –na- Donu, “Feniks”, 2006

Internet saytlari:

- ziyonet.uz

- med.uz

- minzdrav.uz

- tma.uz

- tashpmi.uz

Published

2026-06-17

How to Cite

Xolmirzayeva Ibodatxon A’zamjon qizi. (2026). ASAB KASALLIKLARINI TEKSHIRISH, DAVOLASH VA PARVARISH QILISH USULLARI . TADQIQOTLAR, 88(4), 11-17. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/34327