MAKTABGACHA VA MAKTAB TA`LIMI TIZIMIDA O`QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO`NALTIRISH ISHLARI MUAMMO VA YECHIMLARI.
Abstract
Dunyoda kasblar ko’p, lekin ular orasidan sevimli kasbni tanlashimiz– bu
hayotga qo’ygan ilk qadamimiz hisoblanadi. Har bir inson dunyoga kelibdiki,
hayotda oʻz oldiga qoʻygan maqsadi boʻladi. Bu maqsad orqasidan nimalarga erishish
mumkin? Hayotda oʻzi xoxlagan narsalarga erishishi , buning natijasida baxtli yashashi
mumkin. Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam oʻzining his-tuygʻulariga eʼtibor
berishi lozim.
O`quvchi yoshlar ham oʻzi qiziqqan sohasini toʻliq bilmaydi, yaʼni, kasblar
haqida toʻliq maʼlumotga ega emas. Buning uchun maktab psixologlari koʻmagida,
ishini sevuvchi va oʻz ishini ustasi boʻlgan xodimlar bilan uchrashuvlar, “ochiq
eshiklar kuni” kabi ochiq muloqotlarda oʻquvchi yoshlarga kerakli bilimlarni berish
lozim. Bunda maktab psixologi qanday yordam beradi – degan savol tug’ilishi
tabiiydir. Suhbat o’tkazgan ishchi xodim suhbatidan o’quvchi ruhiyatiga bog’liq
bo’lgan tomonlarini aytib o’tish, o’quvchi bilan individual ishlash va qiziqishlaridan
kelib chiqqan holda o’quvchi yoshlarga maslahat berish kerak bo’ladi. Bu ishni
ko’proq sinf rahbarlari va psixolog o’qituvchilarga topshirish tavsiya etiladi.