BO‘LAJAK MOLIYACHILARDA FORSAYT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MINTAQA IQTISODIYOTI KO‘RSATKICHLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: forsayt kompetentligi, bo‘lajak moliyachilar, mintaqa iqtisodiyoti, prognozlash, strategik fikrlash, pedagogik imkoniyatlar, moliyaviy ta’lim.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak moliyachilarda forsayt kompetentligini
rivojlantirishda mintaqa iqtisodiyoti ko‘rsatkichlaridan foydalanishning pedagogik
imkoniyatlari tadqiq etilgan. Zamonaviy iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi va
mehnat bozorida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi
moliya yo‘nalishi talabalarida istiqbolni oldindan ko‘ra bilish, iqtisodiy
tendensiyalarni tahlil qilish va strategik qarorlar qabul qilish kompetensiyalarini
shakllantirishni talab etmoqda. Tadqiqotda yalpi hududiy mahsulot, investitsiyalar
hajmi, inflyatsiya darajasi, sanoat ishlab chiqarishi va eksport ko‘rsatkichlari kabi
mintaqaviy iqtisodiy indikatorlarning ta’lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari tahlil
qilingan. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkichlar asosida talabalarning analitik, prognostik,
strategik fikrlash hamda raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari
yoritilgan. Tadqiqot davomida kuzatish, tahlil, taqqoslash va pedagogik
modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar mintaqa iqtisodiyoti
ko‘rsatkichlariga asoslangan ta’lim texnologiyalarining bo‘lajak moliyachilarda
forsayt kompetentligini samarali shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Maqolada
forsayt kompetentligini rivojlantirishning amaliy mexanizmlari va metodik tavsiyalari
ishlab chiqilgan bo‘lib, ular oliy ta’lim muassasalarida moliya mutaxassislarini
tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Slaughter, R. A. The Foresight Principle: Cultural Recovery in the 21st Century.
Melbourne: Adamantine Press, 1995.
2. Godet, M. Creating Futures: Scenario Planning as a Strategic Management
Tool. London: Economica, 2001.
3. Voros, J. A generic foresight process framework. Foresight. 2003. Vol. 5(3). P.
10–21.
4. Porter, M. E. Competitive Advantage of Nations. New York: Free Press, 1990.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari.
Toshkent, 2025.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha statistik to‘plam.
Toshkent, 2025.
7. Bell, W. Foundations of Futures Studies. New Brunswick: Transaction
Publishers, 2003.
8. Zeer, E.F. Kompetentnostniy podxod v obrazovanii. Pedagogicheskoe
obrazovanie v Rossii. 2015. №8. B. 15–22.
9. Boboyeva, S.X. Mahalliy byudjetlarni samarali boshqarish: rejalashtirish va
monitoring mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari. Yangi O‘zbekiston, Yangi
Tadqiqotlar Jurnali. 2025. 2(9). B. 423–427.
10. Boboyeva, S.K. Assessing the Impact of Local Budgets on the Efficiency of
Public Utility Services. Journal of Applied Science and Social Science. 2025.
Vol. 15(11). P. 44–49.
11. Boboyeva, S.K. Improving the Management of Local Budget Expenditures.
Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods.
2025. Vol. 3(3). P. 91–96.
12. www.stat.uz