O‘QUVCHILARDA O‘ZIGA ISHONCHNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN INDIVIDUAL KORREKSION MASHG‘ULOTLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘ziga ishonch, individual korreksion mashg‘ulotlar, maktab psixologi, o‘z-o‘zini baholash, shaxsiy rivojlanish, psixologik korreksiya, motivatsiya, emotsional barqarorlik, ijobiy “Men” konsepsiyasi, psixologik yordam, relaksatsiya, art-terapiya, refleksiya, o‘quvchi shaxsi, psixologik qo‘llab-quvvatlash.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘quvchilarda o‘ziga ishonch hissini
rivojlantirishga qaratilgan individual korreksion mashg‘ulotlarning mazmuni,
ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. O‘ziga ishonchning shakllanishiga ta’sir etuvchi
psixologik omillar, jumladan, o‘z-o‘zini baholash darajasi, emotsional holat, oilaviy
muhit, tengdoshlar bilan munosabatlar hamda ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyat va
muvaffaqiyatsizliklarning ta’siri tahlil qilingan. Maqolada maktab psixologi
tomonidan o‘tkaziladigan individual korreksion mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarda
ijobiy “Men” konsepsiyasini shakllantirish, o‘z imkoniyatlariga ishonchni
mustahkamlash, ichki qo‘rquv va xavotirlarni kamaytirish hamda shaxsiy salohiyatni
rivojlantirish usullari bayon etilgan. Shuningdek, psixologik suhbatlar, motivatsion
mashqlar, relaksatsiya usullari, art-terapiya va reflektiv faoliyatning o‘ziga ishonchni
rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asoslangan. Tadqiqot natijalari individual korreksion
mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning emotsional barqarorligi, ijtimoiy faolligi va
ta’limdagi muvaffaqiyatlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Yo‘ldoshev J.G‘. Ta’lim menejmenti va boshqaruv asoslari. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2017.
2. G‘oziev E.G. “Umumiy psixologiya”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.
3. Davletshin M.G. “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2005.
4. Rasulov A. “Maktab psixologiyasi asoslari”. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2016.
5. Ziyonet axborot-ta’lim portali materiallari: www.ziyonet.uz
6. UNESCO. “School Violence and Bullying: Global Status Report”. – Paris, 2019.
7. Internet ma’lumotlari