O‘QUVCHILARDA O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCHNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK YO‘LLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘ziga bo‘lgan ishonch, o‘quvchi shaxsi, psixologik rivojlanish, motivatsiya, o‘z-o‘zini baholash, ijobiy “Men” konsepsiyasi, psixologik qo‘llab- quvvatlash, shaxs kamoloti, ijtimoiy moslashuv, ta’lim samaradorligi, kommunikativ ko‘nikmalar, psixologik treninglar.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni
shakllantirishning psixologik asoslari, unga ta’sir etuvchi omillar hamda samarali
rivojlantirish yo‘llari tahlil qilingan. O‘ziga ishonch shaxsning ijtimoiy moslashuvi,
o‘quv faoliyatidagi muvaffaqiyati va shaxsiy rivojlanishining muhim omillaridan biri
sifatida yoritilgan. Shuningdek, maqolada oilaviy muhit, maktab jamoasi, pedagog va
psixologlarning o‘quvchilarda ijobiy “Men” konsepsiyasini shakllantirishdagi o‘rni
ochib berilgan. O‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini anglashlari, mustaqil qaror qabul
qilishlari, qiyinchiliklarni yengib o‘tishlari hamda o‘z fikrini erkin ifoda etishlarini
qo‘llab-quvvatlovchi psixologik usullar va amaliy tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot
natijalari o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirish orqali ularning ta’lim
samaradorligini va ijtimoiy faolligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Yo‘ldoshev J.G‘. Ta’lim menejmenti va boshqaruv asoslari. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2017.
2. G‘oziev E.G. “Umumiy psixologiya”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.
3. Davletshin M.G. “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2005.
4. Rasulov A. “Maktab psixologiyasi asoslari”. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2016.
5. Ziyonet axborot-ta’lim portali materiallari: www.ziyonet.uz
6. UNESCO. “School Violence and Bullying: Global Status Report”. – Paris, 2019.
7. Internet ma’lumotlari