MIKROVASKULYAR STENOKARDIYA « X SINDROMI » KLINIK BELGILARI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH TAKTIKASI.
Keywords:
Kalit so’zlar: Yurakning ishemik kasalliklari, mikrovaskulyar stenokardiya, X sindrom, koronarografiya.Abstract
Annatatsiya: Xozirgi kunda Stenokardiyalar yurak ishemik kasalliklari ichida
eng ko’p tarqalgan kilinik shakli hisoblanadi. Mikrovaskulyar stenokardiya yurak
ishemik kasalliklari bilan og’rigan bemorlarning 15-20% da uchraydi. Kasallikni
o’rganish uchun 3-ichki kasalliklar kafedrasi, Samarkand shahar tibbiyot birlashmasi
kardiorematologiya bo’limiga murojat qilgan bemorlar ko’rikdan o’tkazildi.
Nazoratga olingan bemorlar umumiy sonidan 8%, ya’ni 14 ta ayol va 6 ta erkakda
X sindromi aniqlandi, shulardan 10 ta ayolda klimaks davri kuzatildi. Bu bemorlarni
tekshirish natijasida ularda stenokardiya xuruji belgilari yaqqol namayon bo’lishiga
qaramay koronarografiya o’tkazilganda proksimal koronar qon tomirlarda
aterosklerozga xos o’zgarishlar aniqlanmadi. Bemorlarda og’riq davomiyligi 15-20
minutga cho’zilishi va nitroglitserinni yuqori dozada qabul qilgandagina qolishi
namoyon bo’ldi. Tekshirish natijasida mikrovaskulyar stenokardiya ko’proq ayollarda,
ayniqsa klimaks davrida uchrashi, bemorlarda klinik belgilar yaqqol namoyon
bo’lishi, lekin koronarografiya o’tkazilganda deyarlik o’zgarishlar topilmasligi,
davolashda faqatgina antiishemik dorilardan foydalanish kam natija berishi aniqlandi.
Bu natijalar bizga bemorlarda mikrovaskulyar stenokardiya kasalligini diagnostika
qilish va ularni davolashni mukammallashtirish maqsadida juda ko’p izlanishlar talab
qilinishini ko’rsatadi.
References
1.Sapin M.R. Odam anatomiyasi I, II, 1987. Moskova
2. Sinelnikov R. O. Odam anatomiyasi atlas I, II, III, 1990.
3.,,Normal fiziologiya’’O.T. Alaviya, Sh.Q. Qodirov A.N.Qodirov, Sh.H.
Hamroqulov
4.,,ppt-online.org’’ internet tarmog’i
5.,,micrazim.uz’’ internet tarmog’i
6.B.X Shagazatova ,, Endokrinologiya’’