MTTLARDA ELEMENTAR MATEMATIKA FAOLIYATIDA VAQT TUSHUNCHASI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, elementar matematika, vaqt tushunchasi, didaktik o‘yinlar, kognitiv rivojlanish, kun tartibi, hafta kunlari, fasllar, pedagogik texnologiyalar, vizual modellashtirish.Abstract
ANNOTATSIYA
Ushbu ishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTTLarda) elementar
matematika faoliyati jarayonida bolalarda vaqt tushunchasini rivojlantirish masalasi
yoritiladi. Vaqt tushunchasi bolalarning kognitiv rivojlanishida muhim o‘rin tutib, ular
tomonidan kun tartibi, hafta kunlari, fasllar va vaqt oralig‘ini anglash ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida
vaqtni o‘rgatishning samarali metodlari, didaktik o‘yinlar, vizual vositalar va amaliy
mashg‘ulotlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bolalarda
vaqtni idrok etish jarayonini bosqichma-bosqich rivojlantirishning psixologik-
pedagogik asoslari ko‘rib chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, elementar matematika
faoliyatida innovatsion metodlardan foydalanish bolalarning vaqt tushunchasini tez va
samarali shakllantirishga yordam beradi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi. (2022). Maktabgacha
ta’lim va tarbiya davlat o‘quv dasturi. Toshkent.
2. Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q., Kayumova N.M. (2019). Maktabgacha
pedagogika. Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti.
3. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. (2020). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat. Toshkent: “Iqtisod-Moliya”.
4. Karimova Z.T. (2021). Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni
shakllantirish metodikasi. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.