MAKTAB PSIXOLOGI FAOLIYATIDA O‘YIN TERAPIYASINING ZAMONAVIY USULLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘yin terapiyasi, maktab psixologi, zamonaviy usullar, emotsional rivojlanish, psixologik yordam, qum terapiyasi, art-terapiya, rolli o‘yinlar, ijtimoiy moslashuv, bolalar psixologiyasi, stressni kamaytirish, kommunikativ ko‘nikmalar, xulq-atvor, psixologik korreksiya, ta’lim jarayoni.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab psixologi faoliyatida o‘yin
terapiyasining zamonaviy usullari va ularning samaradorligi ilmiy-nazariy jihatdan
tahlil qilingan. O‘yin terapiyasi bolalar va kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlashda
eng samarali psixologik yondashuvlardan biri bo‘lib, u orqali bolaning emotsional
holati, ichki kechinmalari va xulq-atvoridagi muammolarni aniqlash hamda bartaraf
etish imkoniyati yaratiladi. Maqolada qum terapiyasi, rolli o‘yinlar, art-terapiya
elementlari, didaktik va interfaol o‘yinlar kabi zamonaviy usullar yoritilgan.
Shuningdek, o‘yin terapiyasining o‘quvchilarda stressni kamaytirish, ijtimoiy
moslashuvni yaxshilash, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘ziga ishonchni
oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Maktab psixologi tomonidan o‘yin terapiyasini
qo‘llashning amaliy jihatlari va uning ta’lim jarayonidagi samaradorligi asoslab
berilgan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Karimova V.M. Psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
2. G‘oziev E.G‘. Yosh davrlari psixologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2018.
3. Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya. – Toshkent:
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017.
4. Davletshin M.G. Pedagogik psixologiya asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020.
5. Vohidov M.V. Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2016.
6. Musurmonova O. Oila ma’naviyati va tarbiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.
7. To‘xtaboyeva M. Psixologik maslahat va profilaktika ishlari. – Toshkent: Innovatsiya,
2021.