BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING PEDAGOGIK ARTISTIZMINI RIVOJLANTIRISH VA BAHOLASHNING RAQAMLI EKOTIZIMI: PEDART AI PRACTICE PLATFORMASI MISOLIDA
Keywords:
Kalit so‘zlar: pedagogik artistizm, bo‘lajak pedagoglar, sun’iy intellekt, raqamli ekotizim, adaptiv baholash, diagnostik vositalar, kasbiy kompetensiya.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tadqiqot bo‘lajak pedagoglarning pedagogik artistizmini
rivojlantirish va baholash jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli
texnologiyalarning ilmiy-nazariy hamda amaliy imkoniyatlarini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida PedArt AI Practice platformasi misolida pedagogik
artistizmni shakllantirish, takomillashtirish va diagnostika qilishga xizmat qiluvchi
raqamli ekotizimning funksional imkoniyatlari tahlil etilgan. Pedagogik artistizm
o‘qituvchining kommunikativ kompetensiyasi, nutq madaniyati, emotsional ifodaliligi,
ijodiy salohiyati va refleksiv faoliyatini o‘zida mujassamlashtiruvchi integral kasbiy
kompetensiya sifatida yoritilgan. Tadqiqot davomida pedagogik artistizmni baholash
mezonlari, indikatorlari va diagnostik vositalari platformaning raqamli funksiyalari
bilan integratsiyalashgan holda ishlab chiqildi. Shuningdek, adaptiv baholash, sun’iy
intellekt asosida avtomatlashtirilgan tahlil, individual rivojlanish trayektoriyasini
shakllantirish hamda tezkor qayta aloqa mexanizmlarining samaradorligi ilmiy
jihatdan asoslandi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektga asoslangan raqamli
ekotizimlardan foydalanish bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini izchil
rivojlantirish, ta’lim sifati va baholash jarayonining xolisligi hamda aniqligini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.
References
1. Kan-Kalik V.A. Uchitelyu o pedagogicheskom obshchenii. – Moskva:
Prosveshcheniye, 1987.
2. Abdullina O.A. Obshchepedagogicheskaya podgotovka uchitelya. – Moskva:
Prosveshcheniye, 1990.
3. Leontyev A.A. Pedagogicheskoye obshcheniye. – Moskva: Pedagogika, 1979.
4. Hattie J. Visible Learning: A Synthesis of Over 800 Meta-Analyses Relating to
Achievement. – London: Routledge, 2009.
5. Darling-Hammond L., Bransford J. (Eds.). Preparing Teachers for a Changing
World: What Teachers Should Learn and Be Able to Do. – San Francisco: Jossey-Bass,
2005.
6. Holmes W., Bialik M., Fadel C. Artificial Intelligence in Education: Promises and
Implications for Teaching and Learning. – Boston: Center for Curriculum Redesign,
2019.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi
to‘g‘risidagi Farmoni. – Toshkent, 2020.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sun’iy intellekt texnologiyalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori. – Toshkent, 2021.
9. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-
metodik asoslari. – Toshkent: Fan, 2007.
10. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Sano-
standart, 2017.
11. Begimqulov U.Sh., Abduqodirov A.A. Pedagogik ta’limda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. – Toshkent, 2015.
12. Creswell J.W. Research Design: Qualitative, Quantitative and Mixed Methods
Approaches. – Sage Publications, 2018.
13. Schön D. A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. –
New York: Basic Books, 1983.
14. Luckin R. Machine Learning and Human Intelligence: The Future of Education for
the 21st Century. – London: UCL IOE Press, 2018.
15. Selwyn N. Education and Technology: Key Issues and Debates. 2nd ed. – London:
Bloomsbury Academic, 2017.