YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKNING OLDINI OLISHDA HUQUQIY TARBIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar : Huquqbuzarlik, huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, yoshlar, profilaktika, qonun ustuvorligi, javobgarlik .Abstract
ANNOTATSIYA : Maqolada yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini
olishda huquqiy tarbiyaning o‘rni va ahamiyati chuqur ilmiy-nazariy hamda amaliy
jihatdan tahlil etiladi. Xususan, jamiyat taraqqiyotida yoshlarning tutgan o‘rni,
ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi bilan bevosita bog‘liqligi asoslab
beriladi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning asosiy
sabablari — ijtimoiy muhit, oilaviy tarbiya, ta’lim tizimidagi kamchiliklar hamda
axborot makonidagi salbiy ta’sirlar kompleks ravishda ko‘rib chiqiladi.
Mazkur maqolada huquqiy tarbiyaning mazmuni, shakl va usullari, uning yoshlar
ongiga ta’sir etish mexanizmlari ilmiy asosda yoritilib, huquqbuzarliklar
profilaktikasida uning muhim omil ekanligi ochib beriladi. Shu bilan birga, ta’lim
muassasalari, oila va jamiyat hamkorligida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning
oldini olishning samarali yo‘llari hamda zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent, 2024.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni,
2014.
4. Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – Toshkent: Adolat, 2019.
5. Odilqoriyev X.T. Huquqiy madaniyat nazariyasi. – Toshkent, 2018.
6. Rustamboyev M.H. Jinoyat huquqi. – Toshkent, 2020.
7. Abdug‘aniev A. Huquqiy tarbiya asoslari. – Toshkent, 2021.