KICHIK VA O‘RTA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI SOLIQQA TORTISH TIZIMINI SODDALASHTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Abstract
Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston iqtisodiyotida bandlikni
ta’minlash, ichki bozorni tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, eksport salohiyatini
oshirish hamda mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Shu
sababli ularni soliqqa tortish tizimini soddalashtirish faqat soliq yukini kamaytirish
emas, balki tadbirkorlikni rasmiylashtirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va
soliq ma’murchiligini yengillashtirishga qaratilgan kompleks iqtisodiy chora
hisoblanadi. 2020-yilda kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 53,9
foizni tashkil etgan. Shu yili ular tomonidan 100 796,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti
ishlab chiqarilgan, 63 614,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan, 160 085,3 mlrd
so‘mlik chakana savdo aylanmasi va 112 743,5 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.
Eksport hajmi 3,1 mlrd AQSH dollarini, import hajmi esa 10,97 mlrd AQSH dollarini
tashkil qilgan.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. International Monetary Fund. Republic of Uzbekistan: 2025 Article IV
Consultation – Staff Report. – Washington, D.C.: International Monetary Fund, 2025.
– 98 p.
2. Kurbanov J.X. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni soliqqa tortish
mexanizmlarini takomillashtirish. – Toshkent: Lesson Press, 2023. – 198 b.
3. Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD).
Improving the Legal Environment for Business and Investment in Central Asia:
Uzbekistan. – Paris: OECD Publishing, 2023. – 164 p.
4. Tursunov B.O. Oʻzbekistonda soliq tizimini takomillashtirish va soliq
maʼmurchiligini rivojlantirish masalalari. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2022. – 256 b.
5. World Bank. Uzbekistan Tax Administration Reform Project. –
Washington, D.C.: World Bank, 2024. – 112 p.