CHET TILLARINI O‘RGANISHDA TO‘SIQ BO‘LADIGAN MUAMMOLAR VA ULARGA YECHIMLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: chet tili, o‘rganish muammolari, to‘siqlar, motivatsiya, kommunikativ yondashuv, innovatsion metodlar, ta’lim samaradorligi.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada chet tillarini o‘rganish jarayonida uchraydigan
asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Bugungi
globallashuv davrida chet tillarini bilish shaxsning raqobatbardoshligini oshiruvchi
muhim omil hisoblanadi. Biroq o‘quvchilar va talabalarning til o‘rganish jarayonida
psixologik to‘siqlar, motivatsiya yetishmasligi, o‘quv metodikasining samarasizligi,
nutq amaliyotining kamligi kabi muammolarga duch kelishi kuzatiladi. Maqolada
ushbu to‘siqlarni bartaraf etish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar va raqamli platformalardan foydalanish
zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishini oshirish,
madaniy kontekstni hisobga olish ham samaradorlikni ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega ekani qayd etiladi. Tadqiqot natijalari chet tili o‘qitish jarayonini
takomillashtirish va o‘quvchilarda barqaror kommunikativ kompetensiyani
shakllantirishga xizmat qiladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimova V. M. Chet tillarini o‘qitish metodikasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2020. –
212 b.
2. Muminova D. A. Kommunikativ yondashuv asosida til o‘qitish. – Toshkent: Yangi
asr avlodi, 2021. – 180 b.
3. Richards, J. C., Rodgers, T. S. Approaches and Methods in Language Teaching. –
Cambridge University Press, 2014. – 270 p.
4. Harmer, J. The Practice of English Language Teaching. – Pearson Education, 2015.
– 344 p.