“BO‘TAKO‘Z” DOSTONIDA “QIRQ YIGIT” OBRAZI TAHLILI (USMON MAMATQUL VARIANTI ASOSIDA)

Authors

  • Ahmadova Go‘zal Azamat qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Go‘ro‘g‘li, qirq yigit, ko‘makchi obraz, mardlik, sadoqat.

Abstract

Annotatsiya.  Go‘ro‘g‘li  turkum  dostonlari  turkiy  va  jahon  xalqlari 
folklorshunosligi uchun ilmiy tadqiqot sifatida eng ko‘p tahlilga tortilgan turkumlardan 
biri bo‘lib, ushbu dostonlar tahlili orqali xalqning epik dunyoqarashi, qadriyatlar va 
tabiat qonunlarining dostonlarda aks etishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. V. 
Jirmunskiy va X. Zarifov ta’kidlaganidek, “… epos mafkurasi an’anaviy obrazlar va 
motivlarda namoyon bo‘ladi. Bizning vazifamiz esa ana shu obraz va motivlarni xalq 
dunyoqarashining aniq badiiy ifodasi sifatida qabul etishdir” 1 . Shu nuqtai nazardan 
turkumda aks etgan rang-barang obrazlar va syujet tizimini tadqiq qilish tarixiy davr, 
e’tiqodiy qatlam va mafkuraviy asoslarni topishga dostonlarning tag zamirida yotgan 
ma’no-mazmunni bayon qilishga ko‘maklashadi. Tahlilga tortilgan Usmon Mamatqul 
repertuaridagi  “Bo‘tako‘z”  dostoni  “Go‘ro‘g‘li”  turkum  dostonlaridan  biri  bo‘lib, 
ushbu doston ham Avazxon, Hasanxon, qirq yigit va Bo‘tako‘zning boshdan kechirgan 
sarguzashtlari,  qahramonliklari  orqali  “Go‘ro‘g‘li”  turkumi  voqealarini  boyitadi. 
Dostonda  aks  etgan  “qirq  yigit”  obrazi  tahlili  orqali  yetakchi  qahramonga  yordam 
beruvchi  ko‘makchi  obraz,  “Go‘ro‘g‘li”  turkumi  silsilasidagi  bir  qatlam  vazifasi 
aniqlanadi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbek xalq ijodi(Ko‘p tomlik): Bo‘tako‘z. Aytuvchi: Usmon Mamatqul

o‘g‘li. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1986. – 63 bet.

2. Муродов М. Эпос Гороглы сокровищница души и чаяний народа. –

Ташкент: Фан, 1990. – 252 с.

3. Турдимов Ш. “Гўрўғли” достонларининг генезиси ва тадрижий

босқичлари. – Тошкент: Фан, 2011. – 240 б.

4. Эшонқулов Ж. Фолклор: образ ва талқин. – Қарши: Насаф, 1999. – 168 б.

Published

2025-10-29

How to Cite

Ahmadova Go‘zal Azamat qizi. (2025). “BO‘TAKO‘Z” DOSTONIDA “QIRQ YIGIT” OBRAZI TAHLILI (USMON MAMATQUL VARIANTI ASOSIDA) . TADQIQOTLAR, 73(2), 61-66. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/3978