GEORGE SIMENONNING “UCH REMBRANDT” ASARIDA INSON RUHIYATINING SIRLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: George Simenon, Uch Rembrandt, detektiv hikoya, san’at, vijdon, nafs, axloq, psixologik tahlil, ruhiyat, jinoyat, soxtalik, Rembrandt, haqiqat, ma’naviylik, insoflilik.Abstract
Annotatsiya: George Simenonning “Uch Rembrandt” hikoyasi mashhur rassom
Rembrandt asarlari bilan bog’liq sirli voqealar orqali inson ruhiyatining murakkab
qatlamlarini ochib beradi. Asarda san`at, boylik va vijdon o’rtasidagi ziddiyat asosiy
g’oya sifatida ilgari suriladi. Hikoyada uchta Rembrandt rasmi atrofida kechgan
jinoyat voqeasi o’ziga xos psixologik detektiv shaklda tasvirlanadi. Muallif uchun
jinoyatning o’zi emas, balki uning ruhiy sabablari muhimdir. Har bir obraz o’z
manfaatini san’at niqobi ortiga yashiradi va shu orqali insonning haqiqiy “men”i
ochiladi. Simenon o’ziga xos realistik va psixologik uslubda yozadi, mayda detallar
orqali qahramonlarning ichki kechinmalarini yoritadi. “Uch Rembrandt” hikoyasi
detektiv janr doirasidan chiqib, axloq, san’at va inson vijdoni haqida falsafiy
mushohadaga aylanadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Simenon, J. Les Trois Rembrandt. – Paris: Fayard, 1932.
2. Сименон, Ж. Три Рембрандта // Тринадцать загадок. – Москва:
Издательство иностранной литературы, 1960.
3. Qosimov, O. XX asr jahon adabiyoti tarixi. – Toshkent: Fan, 2012.
4. Nazarov, B. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.