IMPORT O‘RNINI BOSUVCHI ISHLAB CHIQARISH: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Abstract
Kirish
Globalizatsiya jarayonlari kuchaygan hozirgi davrda mamlakatlar
iqtisodiyotida tashqi savdo aloqalarining o‘rni beqiyosdir. Shu bilan birga, ko‘plab
davlatlar strategik va iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan importga haddan ziyod
bog‘liqlikni kamaytirish masalasini dolzarb deb bilmoqda. Bu borada “import o‘rnini
bosuvchi ishlab chiqarish” tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish – bu mamlakatda ilgari chetdan olib
kelinayotgan mahsulotlarni ichki sharoitda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiy
strategiya bo‘lib, u ichki bozorni milliy mahsulotlar bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari
yaratish va valyuta chiqib ketishini kamaytirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon ushbu yo‘nalishda qator chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-
quvvatlash, soliq imtiyozlari berish, investitsiya jalb etish, ilm-fan va texnologiyalarni
ishlab chiqarishga tatbiq etish kabi ishlar shular jumlasidandir.